01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 05:59
Jamiyat 👁 3,624

YIL YaKUNLARI VA YaNGI REJALAR

YIL  YaKUNLARI  VA  YaNGI  REJALAR

Shu yilning  15-yanvar kuni tuman hokimligining katta majlislar zalida tumanda onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlashish boʻyicha 2015-yil davomida olib borilgan ishlar va 2016-yil – "Sogʻlom ona va bola” yilidagi vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda tuman hokimligi mutaxassislari, tibbiyot birlashmasi xodimlari, umumtaʼlim maktablari direktorlari, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, tumandagi OFY va MFYlarning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, diniy idora vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarov ochdi va olib bordi.

Yigʻilish kun tartibiga beshta muhim masala havola etildi.

Kun tartibidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 1-avgustdagi "2014-2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PQ-2221-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha 2015 yilda tumanda olib borilgan ishlar hamda 1 yoshgacha boʻlgan goʻdaklar va 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻlimi holati tahlili, 2016-yildagi vazifalar toʻgʻrisida”gi masala boʻyicha tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi O.Halimov, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikka toʻliq jalb etish, bolalarni, ayniqsa, qiz bolalarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etishning  bugungi holati va bu borada taʼlim muassasalari xodimlari oldida turgan vazifalar, maktab oʻquvchi-yoshlari davomati, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar hamda IIB xizmat xonasi va militsiya tayanch punktlari tomonidan olib kelingan bolalar bilan amalga oshirilgan ishlar haqida tuman XTMFMTTEB mudiri A.Qoʻshayev, kasb-hunar kollejlari oʻquvchi-yoshlarining davomatini yaxshilash, ular oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning, turli yot oqimlar va axborot xurujlariga berilib ketishning oldini olish borasida mutasaddi tashkilotlar va mahalla faollarining hamkorlikdagi  vazifalari toʻgʻrisida "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi R.Roʻzmetov, tumanda 2015 yil davomida onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlar bilan ishlashish borasida olib borilgan ishlar tahlili, 2016-yildagi vazifalar, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, ayniqsa, homilador ayollarning sogʻligini, oilada ularga boʻlgan munosabat masalasiga alohida eʼtibor qaratgan holda nazoratga olish, bu borada tibbiyot xodimlari bilan birgalikda taʼlim muassasalari, jamoat tashkilotlari, ayniqsa, ovul va mahalla faollari hamkorligini yanada yaxshilash borasidagi dolzarb vazifalar toʻgʻrisida tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedovalar maʼruza qildi hamda yigʻilish kun tartibidagi masalalar boʻyicha atroflicha toʻxtalib, yil davomida erishilgan yutuqlar bilan birga yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar yuzasidan qimmatli fikrlar bildirishib, yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatdilar.

Shuningdek yigʻilishda yana bir muhim masala – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sogʻlikni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari boʻyicha komissiyasining 2015-yil 25-dekabrdagi 14-15-8-sonli xati ilovasi bilan yuborilgan  "Oʻz joniga qasd qilish sabablari va uning oldini olishga qaratilgan idoralararo komplekslar chora-tadbirlar rejasi” ijrosini taʼminlash boʻyicha  tibbiyot, taʼlim, jamoat tashkilotlari, mahalla faollari va diniy tashkilotlar oldida turgan vazifalar toʻgʻrisida tuman hokimi oʻrinbosari, xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedovaning maʼruzasi ham tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan muzokaralarda tuman IIB voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik, nazoratsizlik profilaktikasi inspektori, mayor J.Xolmurodov, "Yusuf Eshon bobo” jomeʼ masjidi imom-xatibi A.Matsafoyevlar ishtirok qildilar hamda koʻrilgan masalalar boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Yigʻilish yakunida koʻrilgan barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

Tuman hokimligining axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026