Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiya faoliyati sarhisob qilindi
2016-yil 26 yanvar kuni tuman hokimligining majlislar xonasida hokimlik huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyasining kengaytirilgan majlisi oʻtkazildi.
Majlis kun tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha komissiyaning 2015-yil 25-dekabr kungi majlisi qarorining tumandagi ijrosi toʻgʻrisidagi, tuman komissiyasining 2015-yil davomida amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi va komissiyaning 2016-yilga moʻljallangan ish rejasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Majlisda tuman komissiyasining 2015-yil davomida amalga oshirgan ishlari sarhisob qilinar ekan, bu borada kamchiliklarga yoʻl qoʻygan taʼlim muassasalari rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislarining faoliyati tanqid qilindi. Komissiya aʼzolari tomonidan voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalari bilan birgalikda voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish sharoitlarini nazorat qilish, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, taʼlim muassasalaridagi mashgʻulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan, muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlab, hisobini yuritish, ularning umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim olishiga doir chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek majlisda "Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga binoan voyaga yetmaganlarning nazoratsizligi, qarovsizligiga, ular tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishiga imkon beradigan sabablar va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi hamda komissiyaning 2016-yilga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi.
Tuman hokimligining
axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶