12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:35
Adabiyot 👁 3,860

MULKI ŞEʼR HOQONI – NAVOIY HAZRAT

MULKI ŞEʼR HOQONI – NAVOIY HAZRAT

Uluğ şoir va olim, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alişer Navoiy öz davrining eng ziyoli kişisi, ilm va maʼrifat homiysi sifatida tarixda muhrlanib qoldi.

Alişer Navoiy nafaqat turkiy dunyoda, balki butun jahonda  dovruğ qozondi. Özbek tilining asosçisi bölgan Navoiy bobomizdan bizga nihoyatda ulkan, bebaho maʼnaviy meros qolgan.

Mana, neça asrdirki, Navoiy yaratgan betakror asarlar hali-hanuz asrlardan-asrlarga ötib kelmoqda. Uluğ bobomiz öz asarlarida şarqona odob-axloq, milliy tarbiya, inson tuyğulari, uning kamoli, orzu-istaklari, vatanparvarlik, inson erkinligi masalalariga jiddiy eʼtibor qaratadi.

Yurtboşimiz Islom Karimov taʼkidlaganidek: "Inson qalbining quvonç-u qayğusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan şoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi”.

Navoiy 60 yillik umri davomida töxtovsiz ijod qilib, bemisl meros qoldirdi. U Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy va Hisrav Dehlaviy anʼanasini davom ettirib, özining eng buyuk şoh asari bölmiş "Xamsa”ni yaratadi.

Navoiy "Xamsa”ni misli körilmagan bir qisqa fursatda yozib tugalladi. 1483-yili boşlangan iş 1485-yili nihoyasiga yetkazildi.

Navoiy asarlariga biz har kuni murojaat qilamiz. Uning asarlari bir ummonki, har gal şu ummonga şönğiganimizda biz Navoiyni yanada teranroq anglab, hayratimiz oşadi, köz öngimizda dunyoning qadri ösadi, olamning mohiyatini, hayotning bebaho va betakrorligini tuşunib boramiz. Jahonning har burçagida yaşovçi xalqlar haligaça unga murojaat qilişadi.

Navoiyning heç bölmasa bir baytini bilmagan, öqimagan, uni sevmagan odam, u haqda maqola, şeʼr yozmagan kişi bölmasa kerak.

Xalqimiz Alişer Navoiy bobomizga çuqur ehtirom, ixlos va havas qilib, öz farzandlariga Navoiydek pokdomon inson bölsin, degan ezgu umidlar bilan Alişer ismlarini qöymoqdalar.

Alişer Navoiy yili deb eʼlon qilingan 1991-yil yurtimiz tarixida qutluğ, unutilmas sana bölib qoldi. Şu yili xalqimizning asriy orzu-umidlari amalga oşdi. Alişer Navoiy yurtni, diyorni körkam, hosildor boğlar oğuşida körişni orzu qilar edi. Jannatmakon yurtimiz Toşkentda Nizomiddin Mir Alişer Navoiy haykali va nihoyatda sölim va gözal milliy boğ barpo etilgan. Axir uluğ bobomizning özlari:

Kim bu boğ içra xiromon erur,

Barçasi bir-biriga mehmon erur, - deb odamlarni bir-biriga mehribon şafiq bölişga, döst-birodarlikka çaqirgan edilar.

"Bu yer yillar, asrlar davomida katta xalq tantanalari, qariyalarimizga, yoş avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad beradigan sevimli  va maroqli bir oromgohga aylanadi”, - degan Yurtboşimizning katta umidi bugungi kunda töla-tökis amalga oşdi.

Har yili Alişer Navoiyning tavallud kunida millatimiz faxri bölgan uluğ bobokalonimizni yodga olib, uning haykali poyiga gulçambarlar qöyilib, boğda şeʼriyat, ğazalxonlik bayrami ötkaziladi. Bu kun yurtimizning barça göşalarida özgaça şukuh bilan kutib olinadi va katta tantana bilan nişonlanadi.

Şuning öziyoq xalqimizning yuksak maʼrifat va maʼnaviyat sohiblari ekanligidan, buyuk bobomizga bölgan çeksiz ehtiromidan dalolatdir.

Navoiyning har bir sözi bir kitob. Uning asarlari ustida hozirgaça olimlar ilmiy işlar olib bormoqdalar.

Bir lahza ham xalq ğam-u taşvişidan ajralmagan holda qalam tebratgan Navoiy bizga Vatanni, onani sevişni, uluğlaşni, ezgulikni, odamiylikning jamiki ezgu fazilatlarini öz asarlari orqali örgatdi.

Hamon Navoiy asarlariga har sohada murojaat etib, undan dasturilamal sifatida foydalanib, yaşaş sirlarini örganmoqdamiz.

Uning:

"Haq yölida kim senga bir harf öqitmiş ranj ila.

Aylamak bölmas ado oning  haqin yuz ganj ila” – degan hikmati öquvçilik yillaridayoq sinfimizdagi doska tepasiga osilib turardi va biz yoşlar uçun hayotimiz şioriga aylanib qolgan.

Buyuk bobomizning asarlarini yoş avlodga örgatiş, ularda qonimizda Navoiydek buyuk zot qoni oqayotganligidan faxr tuyğusini uyğotib, uning bebaho asarlaridagi orzu-istaklarini amalga oşirib yaşaşga hamişa burçlimiz.

 

Nasiba EŞMURODOVA,

55-sonli maktab öqituvçisi.

(Foto - http://sv.zarnews.uz)

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026