BILIMGA ChANQOQ QIZ
Durdona Sobirova 8-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf oʻquvchisi. Maktabda tengdoshlari orasida oʻzining bilimdonligi, jamoat ishlarida faol qatnashishi bilan ajralib turadi. U ona tili va adabiyot fani boʻyicha "Ijodkor” toʻgaragi aʼzosi. Toʻgarak mashgʻulotlariga muntazam qatnashib turadi. Maktabda oʻtkaziladigan adabiy kechalarda faol qatnashib keladi, koʻngil kechinmalarini sheʼriy satrlar orqali ifoda etadi.
Oʻtgan 2014-2015 oʻquv yilida ona tili va adabiyot fanidan "Bilimlar bellashuvi”ning tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab, keyingi bosqichga yoʻllanma olgan edi.
Durdona bu yil ham ona tili va adabiyot fanidan tuman bosqichiga qatnashib, faxrli 1-oʻrinni egallab, keyingi bosqichga yoʻllanma olishga musharraf boʻldi. U bellashuvning Respublika bosqichida ham faol qatnashishga erishdi.
Omad senga hamisha yor boʻlsin, Durdona!
S.SAʼDULLAYeVA,
8-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶