30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:50
Fan va taʼlim 👁 3,624

BITIRUVChI-YoShLAR PARVOZGA ShAY!

BITIRUVChI-YoShLAR PARVOZGA ShAY!

Bu yil tumanimizdagi 76 ta umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 3188 nafar oʻquvchi-yoshlar bitirib, taʼlimning keyingi bosqichi – akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga yoʻl oladilar.

Ayni kunlarda umumtaʼlim maktablarida "soʻnggi qoʻngʻiroq” jaranglashini dillarida hayajon va ezgu orzular bilan kutayotgan 9-sinf oʻquvchilarini taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish maqsadida 2015-2016 oʻquv yili davomida aniq va puxta reja asosida ish olib borildi. Yaʼni, oʻquv yili davomida uch marta soʻrovnomalar oʻtkazildi. Bu soʻrovnomalarda 9-sinf bitiruvchilari, ularning ota-onalari, ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar, sinf rahbarlari, maktab psixologi hamda maktab direktorlari ishtirok etishdi.

Bitiruvchi-yoshlar soʻrovnomalarda oʻz fikrlarini mustaqil bayon etishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratildi. Avvalo boʻlimning "2015-2016 oʻquv yilida umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga toʻliq qamrab olinishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar rejasi” ishlab chiqilib, ushbu rejaga asosan 7-9-sinflarning oʻquvchi-qizlari oʻrtasida "Qiz bolaning kasbi – uning baxti”, "Ilm ol, hunar tanla, Vataning kutar seni”, "Kasb-hunar – qizlar kelajagi”, "Hunarli qiz – yurt kelajagi”, "Bilimli qiz – farishta, hunarli qiz - sarishta” kabi mavzularda davra suhbatlari oʻtkazilib, bu davra suhbatlarida 7-9-sinflarning 4100 nafardan ortiq oʻquvchi-qizlari ishtirok  etdilar. Oʻtkazilgan davra suhbatlarining oʻziyoq bitiruvchi qizlarning va ularning izdoshlari boʻlmish 7-8-sinf qizlarining oʻzlari qiziqqan sohalar boʻyicha zarur maʼlumotlarga ega boʻlishlarida muhim ahamiyat kasb etdi.

Bundan tashqari, oʻquv yili davomida umumtaʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Kasblar festivali”ning  oʻtkazilishi bitiruvchi-yoshlarning oʻzlari tanlagan kasblar va shu kasblar orqali hayotda oʻz oʻrnini topib, mehnat qilayotgan yoshlar hayoti bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Bitiruvchi-yoshlar bilan "Kasblar festivali” doirasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga sayohatlar uyushtirildi. Bu esa kasb tanlashda ikkilanayotgan yoshlar uchun qoʻshimcha imkoniyat yaratdi, albatta.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining  2015-yil 29 yanvar kungi 24-sonli buyrugʻiga asosan umumtaʼlim maktablarining 9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Men tanlagan kasbning hayotimdagi oʻrni”, mavzusida insholar tanlovi oʻtkazilgani bitiruvchi-yoshlarning nafaqat oʻzlari orzu qilgan kasb-hunarni tanlashlarida, balki qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlarida ham muhim omil boʻldi. Insholar tanlovining birinchi bosqichida ishtirok etgan 3100 nafar bitiruvchi-yoshlardan 76 nafari  tanlovning  tuman bosqichida oʻzaro kuch sinashdilar.  Tuman bosqichida gʻolib boʻlgan 3 nafar ishtirokchi koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida qatnashish huquqiga ega boʻlishdi.

"Taʼlim toʻgʻrisida”gi  Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablari asosida  umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflaridan boshlab taʼlim-tarbiya jarayoniga kompleks yondashish, oʻquvchi-yoshlarni kasb-hunarga toʻgʻri yoʻnaltirish, ularning ongli ravishda kasb tanlashiga imkoniyatlar yaratish va taʼlimning keyingi bosqichiga toʻliq qamrab olish – bugungi kunda har bir ota-ona, ustoz va tarbiyachining, qolaversa, butun xalqimizning eng masʼuliyatli burchidir. Oʻsib kelayotgan yosh avlodni Vatanga sodiq, ona xalqiga, mahallasi va oilasiga, yaqinlariga mehr-oqibatli, bilimga intiluvchan, yaratuvchan, barkamol insonlar qilib tarbiyalash har birimizdan katta masʼuliyat, shu barobarida ijodiy yondashuvni talab etadi. Shu bois, boʻlimimiz tomonidan tuman xotin-qizlar qoʻmitasi, tuman IIB, "Kamolot” YoIH tuman Kengashi, tumanimizda faoliyat olib borayotgan siyosiy partiyalar, "Mahalla” xayriya jamoat  fondi tuman boʻlinmasi, "Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlinmalari, tuman tibbiyot birlashmasi, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan barcha  maʼnaviy-maʼrifiy hamda madaniy tadbirlarimizning mazmun-mohiyati, maqsadi bitta – farzandlarimizni yuksak maʼnaviyatli, barkamol, muhtaram Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, bizdan koʻra kuchli, bilimli va dono qilib tarbiyalash. Zero, ona Vatan kelajagi bugungi hayot ostonasiga ilk mustaqil qadam qoʻyayotgan yoshlar kuch-qudratiga, bilim va salohiyatiga bogʻliq.

Umumtaʼlim maktablarida "soʻnggi qoʻngʻiroq” chalinishiga juda oz fursat qoldi. Mustaqil hayot sari intilib, ilm-fan choʻqqilarini zabt etishga chogʻlanayotgan har bir bitiruvchi oʻgʻil-qizga:

- Parvozingiz baland, orzu osmoningiz yorugʻ, kelajagingiz yanada porloq boʻlsin!, - deymiz.

                          Ashirboy QOʻShAYeV, tuman XTMFMTTEB mudiri.


🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026