30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:36
Fan va taʼlim 👁 4,561

ORZUIMIZ UShALDI

ORZUIMIZ UShALDI

Bizning 71-sonli maktabda 26 nafar pedagog faoliyat koʻrsatadi. Shundan 22 nafari oliy maʼlumotli, 4 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega. Malakali kadrlar darslarni DTS talablari asosida olib borishadi. Oʻquvchilarga zamonaviy texnikalar asosida dars oʻtiladi. Oʻqituvchilar amaliyotga tatbiq qilinayotgan tadbirlarda muntazam qatnashib kelishadi. Jumladan, "Ustoz-shogird”, "Dars – muqaddas”, "Oʻrgan-oʻrgat”, "Murakkab fanni  oʻrgataman” tadbirlarida qatnashib, oʻz tajribalarini oʻrtoqlashadilar. "Yil oʻqituvchisi”, "Eng yaxshi uslub birlashma raisi”, "Eng yaxshi dars ishlanma” tadbirlarida ham faol qatnashadilar.

2015-2016 oʻquv yilida oʻtkazilgan "Bilimlar bellashuvi”da 5-8-sinflardan 30 nafar oʻquvchi informatika, ingliz tili, huquq va fizika fanlaridan muvaffaqiyatli qatnashib,  maktab reytingini koʻtarishga erishdilar.

Maktab oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari Tamara Rahimova, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari Dilafroʻz Avezovalar oʻz ishlarini namunali tashkil qilganliklari bois, oʻquvchilar bilan oʻqituvchilar doʻstona munosabatda boʻlib, ularning bilimiga, iqtidoriga  qarab yoʻnalish berib boriladi. Tajribali oʻqituvchilar oʻzlariga  munosib shogirdlar yetishtirib chiqarmoqdalar. Matematika, tarix, boshlangʻich sinf, ona tili va adabiyot, jismoniy tarbiya, fizika, rus tili fanlaridan oliy oʻquv yurtlarida tahsil olib qaytgan sobiq oʻquvchilarimiz ustozlari safiga qoʻshilmoqda.

Maktabimizda oʻtgan yillar oraligʻida maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda ham koʻplab yutuqlarga erishildi. Oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, ularning xohish-istaklarini inobatga olgan holda turli fan toʻgaraklari faoliyat olib boradi. "Orasta qizlar”, "Zulfiyaxonim qizlari”, "Yosh fiziklar”, "Sport”, "Lingvist” kabi toʻgaraklarda shugʻullanayotgan oʻquvchilar oʻzlarining bilim va salohiyati bilan yaxshi natijalarga erishmoqdalar. Joriy yilda "Zulfiyaxonim qizlari” toʻgaragi aʼzosi, 8-sinf oʻquvchisi Ozoda Toʻliboyeva tuman va respublika matbuotida oʻz ijodi bilan faol qatnashib, nafaqat oʻz nomini, balki maktabimiz nomini ham tanitib, tuman gazetasining faol muxbiriga aylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bagʻishlab tumanda oʻtkazilgan "Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” koʻrik-tanlovida 8-sinf oʻquvchisi Goʻzal Tursunboyeva rassomlik yoʻnalishida tumanda 1-oʻrinni olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida muvaffaqiyatli qatnashib qaytdi.

Joriy yili "Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan sport musobaqalarining futbol turida yosh oʻsmirlar jamoasi tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni, Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida esa faxrli 3-oʻrinni egallashib, medallar bilan qaytdilar.

2016-yilda investitsiya dasturiga muvofiq kapital rekonstruktsiya asosida maktabimizning 160-oʻrinli yangi, muhtasham va zamonaviy binosi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi. Shu kungacha moslashtirilgan binoda faoliyat yuritgan oʻqituvchilarimiz hamda oʻquvchilarimiz uchun barcha qulayliklarga ega yangi binoda yangi oʻquv yilini boshlash, albatta, quvonchli voqea boʻladi. Bu – davlatimizning yosh avlod kamoloti yoʻlidagi gʻamxoʻrligining bir ifodasidir.

Fursatdan foydalanib, hamkasblarimni, oʻquvchilarni yangi oʻquv yilining boshlanishi va mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi munosabati bilan qizgʻin tabriklayman.

Adamboy NIYaTULLAYeV,

71-sonli maktab

direktori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026