ShOʻR YuVIShGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR
6-noyabr kuni "Choykoʻl” ovulidagi "Nurullayev Bunyodbek” fermer xoʻjaligida kuz-qish oylarida ekin maydonlarining shoʻrini yuvishga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Seminarda tumandagi barcha muqobil mashina traktor parklari, suv isteʼmolchilari uyushmalari, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar rahbarlari va "Mangʻit-Nazarxon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.
Koʻrgazmali seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Daryabay Qaypov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi Anvar Yoʻldoshev va "Mangʻit-Nazarxon” irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshligʻi Xudoyor Qalandarovlar soʻzga chiqishib, kuz-qish oylarida ekin maydonlari shoʻrini yuvishning ahamiyati haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.
Seminarda yerlarni shoʻr yuvishga tayyorlash va shoʻr yuvish paytida nimalarga eʼtibor berilishi lozimligi yuzasidan qator tavsiyalar berildi.
Suratda: yerlarning shoʻrini yuvish maqsadida dalani sugʻorish jarayoni aks ettirilgan.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶