28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:58
Salomatlik 👁 10,677

KAShANDALIKKA BARHAM BERISh – SOGʻLOM TURMUSh TARZINING MUHIM ShARTI

KAShANDALIKKA BARHAM BERISh – SOGʻLOM TURMUSh TARZINING MUHIM ShARTI

Eng koʻp tarqalgan zararli odat – tamaki chekish va nos otish hisoblanadi. Biroq kashanda odam tamaki tutuni tarkibida 3800 turdagi zaharli kimyoviy moddalar borligini bilmaydi. Jumladan, nikotin, qatron, tsianid kislota, ammiak, is gazi, benzol, radioaktiv poloniy, kobalt, qoʻrgʻoshin, margumush kabilar shular jumlasidandir.

Tamaki tutuni tarkibidagi zaharli moddalar kashandaning miya, yurak, oʻpka, jigar, meʼda kabi hayotiy muhim aʼzolarini zaharlab, turli xil surunkali kasalliklarni yuzaga keltiradi. Uni vaqtidan ilgari nogironlikka duchor qilib, umriga zomin boʻladi. Kashandalar orasida miokard infarkti kabi ogʻir  kasallik tufayli hayotdan koʻz yumganlar, tamaki chekmaydiganlarga nisbatan 5-marta koʻp.

Tamaki chekishni tashlashga ahd qilgan odam bu rejani 1-1,5 oydan oshmagan muddatda bajarishi kerak.

Asosiy natija odamning irodasi, sogʻlom boʻlish istagi, oʻzining va oila aʼzolarining sogʻlom boʻlishiga gʻamxoʻrligidir.

Sogʻlom turmush tarzining maʼno-mazmunini toʻgʻri anglagan odam chekish va boshqa zararli odatlardan voz kechadi.

Nosni ham muntazam qabul qilish natijasida odam organizmi unga oʻrganib, ruhiy va jismoniy muteʼ boʻlib qoladi.

Nosni birinchi marta qabul qilganda uning tarkibidagi tamaki, ohak, kul kabi zaharli moddalar taʼsiriga nisbatan odam organizmining himoya reaktsiyasi paydo boʻladi. Koʻngli ayniydi, qayt qiladi, boshi aylanadi, yurak urishi tezlashadi, sovuq ter bosadi, mast odamdek gandiraklaydi. Bunday yoqimsiz holatning yuzaga kelishi tufayli nosni birinchi marta qabul qilgan koʻpchilik oʻsmirlar bu zararli odatdan voz kechib, uni ikkinchi marta takrorlamaydilar va oʻrganmaydilar.

Nos otuvchi uni vaqtida qabul qilmagan paytda avvaliga ruhiy muteʼlik belgilari paydo boʻladi. Kayfiyati yomonlashadi, jahli chiqadi, ishlagisi kelmaydi, oʻzlashtirish, fikrlash kabi aqliy ish bajarish qobiliyati pasayadi. U qanday boʻlsa ham nos topib uni qabul qilishga intiladi.

Kashandaning yuragi, oʻpkalari, jigari, buyraklari zararlanishi tufayli u harakat qilgan paytida nafasi qisadi. Yuragi oʻynaydi, arterial qon bosimi koʻtariladi, tomir urishi tezlashadi, rangi oqaradi, lablari koʻkaradi. Shuningdek, jigar sohasida (oʻng qovurgʻa ostida) ogʻriq paydo boʻladi. Buyraklari kasallanishi tufayli ertalab uyqudan turganda koʻzlarining osti shishgan boʻladi. Kechqurun esa oyoqlari shishadi.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, ogʻiz, til, qiziloʻngach, meʼda kabi aʼzolarning rak kasalligi nos otuvchilarda boshqalarga nisbatan bir necha marta koʻp uchraydi. Shunday qilib, koʻp yillar nos chekish natijasida odam asta-sekin aqliy va jismoniy jihatdan zaiflashadi, ish qaobiliyatini yoʻqotadi, vaqtidan ilgari keksayadi va nogironga aylanadi.

Koʻrinib turibdiki, sigareta chekish va nos otish – koni zarar. Shuning uchun ham butun dunyo boʻylab kashandalikka qarshi kurash tobora keng avj oldirilmoqda.

Jumaboy YaVQAShEV,

tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi Salomatlik boʻlimi mudiri.

(Foto - http://uzbekistonovozi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026