14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:49
Fan va taʼlim 👁 9,842

INSON SOGʻLOM BOʻLSAGINA MUSTAHKAM BILIM EGALLAYDI

INSON SOGʻLOM BOʻLSAGINA MUSTAHKAM BILIM EGALLAYDI

Mamlakatimizda insonning shaxs sifatida shakllanishi, kamolotga yetishuvi uchun barcha qonuniy asoslar yaratilgan. Xususan, Bosh Qomusimizning 40-moddasida har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan. Bu huquqiy poydevor mamlakatimiz sogʻlikni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish imkonini yaratdi. Yangidan-yangi shifo maskanlarini zamon talabiga mos holda jihozlash, insonlar salomatligini yaxshilash, kasalliklarni oʻrganish va kelib chiqish sabablarini tadqiq etish hamda davolash bilan bogʻliq jarayonlarga ilm-fan yutuqlarini joriy etish masalalari Konstitutsiyamiz oltin qoidalarining hayotdagi ijrosidir.

Mamlakatimizda inson salomatligini mustahkamlash, ayniqsa, onalik va bolalikni tibbiy-ijtimoiy muhofazalash, har bir fuqaroning zamonaviy tibbiy yordamdan bahramand boʻlishini taʼminlashga qaratilgan Prezident Farmon va Qarorlari bu boradagi islohotlarni amalga oshirishda muhim omil boʻlayotir.

Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 1-avgustdagi "2014-2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori esa bu yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahnamoligida tibbiyot tizimini isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar, ayniqsa, aholiga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish sohasini tubdan takomillashtirish sari muhim qadam boʻldi. Prezidentimizning 2017-yil 16-mart kungi "Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2017-yil 1-aprel kungi "Sogʻlikni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori xalqimizga malakali tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Konstitutsiyamizning 41-moddasida "Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy taʼlim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”, deyilgan. Asosiy Qonunimizda oʻz ifodasini topgan bu normalarning "Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonun, "Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”da tashkiliy-huquqiy mexanizmi belgilab berilganki, xuddi ana  shu huquqiy asoslar tufayli mamlakatimizda uzluksiz taʼlim tizimi yaratilib, iqtisodiyotimizning barcha sohalari uchun oliy va oʻrta maxsus maʼlumotga, kasb-hunarga, yuqori saviyadagi bilimga ega boʻlgan mutaxassis kadrlarni tayyorlash va ularni ish bilan taʼminlash yoʻlga qoʻyilgan.

Shuni alohida taʼkidlash joizki, bilim olish huquqini biron bir shaklda cheklash tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi. Taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqa davlat fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ham respublikamizdagi taʼlim maskanlarida oʻzlari tanlagan yoʻnalishlar boʻyicha bilim olishlari mumkinligi nazarda tutilgan. Bosh Qomusimizda belgilab qoʻyilgan normalarga koʻra, tili, yoshi, irqi ijtimoiy mavqei, mamlakatimiz hududida qancha vaqt yashashidan qatʼiy nazar, har bir insonga bilim olishda teng huquqlar kafolatlanadi.

Xulosa qilib aytganda, insonning eng avvalo, sogʻlom, barkamol shaxs sifatida kamolotga yetishini taʼminlashda sifatli tibbiy xizmat va bepul umumiy taʼlim  borasidagi Konstitutsiyaviy normalarning hayotga izchil tatbiq etilishi jamiyatda nafaqat siyosiy, balki iqtisodiy oʻzgarishlar yasash imkonini beradi.

Otabek EShChANOV,

Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari.

(Foto - OʻzA)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019