LOYIHA TAQDIMOTI OʻTKAZILDI
Yaqinda tuman hokimligi binosida "2018-2022-yillarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish” loyihasi taqdimotiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirni tuman hokimi S.Yoʻldashev ochdi va boshqarib bordi.
Bu tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining sugʻoriladigan yerlar meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi boʻlimi boshligʻi Sh.Saidov, Qoraqalpogʻiston meliorativ ekspeditsiyasi boshligʻi A.Salixov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasini boshqarish Departamenti yetakchi mutaxassisi B.Xoʻjametov, MChJ "OʻzGIP” instituti QK rahbari M.Zadaddinovlar soʻzga chiqishib, yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar, taklif va tavsiyalarini berdilar.
(Foto - http://tabiatvahayot.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶