14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 12:29
Fan va taʼlim 👁 6,792

“YaNGI ALIFBO” BIZGA KERAKMI?

“YaNGI ALIFBO” BIZGA KERAKMI?

Bugungi kunda ilm olish, kasb-kor bilan shugʻullanish, insonlarning oʻzaro muloqot va fikr almashinuvida ham yangidan yangi oʻzgarishlar boʻlayotgani hech kimga sir emas. Internet, uyali telefon, ijtimoiy tarmoq orqali muloqot va axborot almashishga xizmat qiluvchi Facebook, Twitter, Viber, Odnoklassniki, Telegram kabi dasturlar shular jumlasidandir. Biz bugun ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlar haqida soʻz yuritmoqchimiz.

Insonlarning uzogʻini yaqin, mushkulini oson qilayotgan ijtimoiy tarmoqlar olisdagi doʻstlar hamda yaqinlar bilan muloqot qilish, dunyo yangiliklaridan bir zumda voqif boʻlish hamda maʼlumotlarni oson va tez almashish imkonini beradi.

Albatta,  bu dasturlar ichida eng ommaviy,  eng koʻp foydalanadiganimiz Facebook, Telegram,  Odnoklassniki va WhatsAppdir.  Bu dasturlardan koʻpchiligimiz xabar qabul qilish va uzatishda, aniqrogʻi,  yaqinlarimiz,  doʻstlarimiz, qarindosh-urugʻlarimiz bilan virtual muloqot qilishda foydalanamiz.

Kundalik muloqotimizning deyarli yarmini egallagan ijtimoiy tarmoqlarda xabar almashish jarayonida tengdoshlarimiz koʻpincha «parazit» harflardan foydalanishadi.

Oʻsha «parazit» harflar qandayligiga qiziqayapsizmi? Ular – alifbomizdagi bir harf yoki harflar birikmasi oʻrniga ishlatiladigan boshqa harf yoki sonlardir. Mana ular,  tanishing!

O’-6, sh-w,  ch-4...  Bular orasida «chala harflar» ham bor.  Toʻgʻrirogʻi, «yarimtalar» o`-o,  g`-g,  ng-n, v-ff. . .

Qiziq,  bu harflar oʻzbek alifbosida bormikan?

– Yoʻq!

Demak,  biz «yangi alifbo» yaratayotgan ekanmiz-da?!

Ajabo... Ha, hayratlanganingizni men ham bildim. Axir bu harflar muloqotni tezlashtiradi va vaqtni tejaydi.  Boz ustiga, kamroq klavish va kamroq hajm (Mb) talab qiladi-ku! 

Kuzatishlar shuni koʻrsatadi-ki,  ijtimoiy tarmoqlardan foydalanuvchi har 5 ta odamning 4 tasi mana shu harflardan foydalanar ekan.  Ajablanarlisi,  oʻsha 4 ta odam ichida men ham bor edim.  Ochigʻi, meni bu maqolani yozishga ukam, Shahriyor bilan Telegram messenjeri orqali qilgan suhbatimiz sabab boʻldi.

Eʼtiborimni tortgan jihati shunda ediki, u profilidagi ismini «Wahriyor» deb qoʻygandi.

Suhbatimizdan bir misol keltiraman:

– Wuhrat aka, yaxwimisiz? 6qishlar bilan 4ar4amasdan?

Menga alam qilgani ismimning notoʻgʻri yozilgani emas, aksincha, ukam oʻz ismini buzib yozib, namoyishkorona profilga qoʻygani edi.

Siz reklama agentligida tekinga ishlovchisiz...

Endi bir tasavvur qiling-a. Otangizning familiyasi Oʻtamurodov emas, 6tamurodov, singlingiz Shohista emas Wohista, sevgilingiz yoki umr yoʻldoshingiz Charos emas, 4aros, farzandingiz Oʻtkirbek emas, otkirbek, sizning familiyangiz esa Gʻulomov emas, Gulomoff… boʻlib tursa, sizga ogʻir botmaydimi?

Achinarlisi, biz bu harflarni oʻzimiz tarqatyapmiz. Ha, ha oʻzimiz!

Yana tekinga reklama qilayapmiz, isteʼmolchi esa undan koʻr-koʻrona foydalanmoqda.

Yechim…

Xoʻsh, bu vaziyatdan qanday chiqamiz?! Javob juda oddiy: Siz oʻzgaring, qolganlar ham oʻzgarishadi. Ha, albatta oʻzgaradi! Qanday qilib, deysizmi? Esingizda boʻlsa, har birimiz tekinga reklama agentligiga xizmat qilamiz, degandim. Mana shu servisni oʻzgartiramiz xolos. Yaʼni tengdoshingiz sizga «parazit harflar» orqali xabar yoʻllayversin, siz muqobilini yozing, boshqacha aytganda, yaxshiroq reklama qiling! Albatta, ijobiy natija boʻladi. Bu tajribada isbotlangan, hozir ukam Shahriyorning ijtimoiy tarmogʻidagi sahifalariga lupa bilan nazar tashlasangiz ham «parazit» larni topolmaysiz. Mana endi sizga hisob-kitob, boyagi 5 ta odamning hech boʻlmaganda 2 tasi oʻzgardi, biz endi 3 tamiz, uchalamiz esa 2 tasini, 5 tamiz 10 tasini, 10 tamiz 50 tasini toʻgʻri yozishga oʻrgataylik!

"Yarimtalar”ga esa chora sifatida bir narsani aytgim keladi. Xoʻp, mayli, ikkita harf oʻrniga bitta harf dersiz, qulay va tez dersiz… Ammo barmoqlaringiz klavishlarga borganda bu ona tilimiz uchun Navoiy tunni tongga ulagani, Bobur saltanat tashvishlariga qaramasdan shu til uchun kurashgani, jadid bobolarimiz shu til uchun koʻksidagi qonini siyoh qilgani bir koʻz oldingizga kelsin… Hech boʻlmasa, davlat tili haqidagi qonunga boʻysuning!

Bir narsa doimo xayolimizda boʻlishi kerak. Biz qanchadan-qancha ajdodlarimiz orzu qilgan ONA TILIMIZda muloqot qilyapmiz. Shunday ekan, Onamizga hurmatsizlik qilmaylik!

Shuhrat SAIDAHMADOV,

Qoraqalpoq Davlat universiteti oʻzbek filologiyasi fakulteti talabasi.

(Foto - http://trif.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019