30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 8,334

Tuman aholisiga MUROJAAT

Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashlari, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi va Fermerlar Kengashining tumanimiz aholisiga 

                                MUROJAATI

Hurmatli yurtdoshlar!

Mana, 26-yildirki mustaqil taraqqiyot yoʻlidan dadil odimlayotgan Oʻzbekistonimiz bugun tom maʼnoda oʻzgarish va yangilanishlar maydoniga aylandi. Muhtaram Prezidentimiz Birlashgan millatlar tashkilotining yaqinda boʻlib oʻtgan 72-sessiyasidagi nutqida taʼkidlaganidek, "... Bugungi kunda Oʻzbekiston jadal rivojlanmoqda. Biz ajdodlarimizning donishmandlik anʼanalariga amal qilib, teran anglagan holda, qatʼiy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yoʻlidan bormoqdamiz. Jamiyatimizda siyosiy faollik ortib bormoqda, barcha sohalarda chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda”.

Davlatimiz rahbari va Hukumatimizning xalq manfaatini oʻylab, odamlarning dardu tashvishilarini, muammolarini hal qilish yoʻlidagi xayrli ishlari har bir yurtdoshimizning ertangi kunga ishonchini oshirmoqda. Bundan ruhlangan hamyurtlarimiz ahillik va hamjihatlikda ish olib borib, oʻz mehnati, bilim va tafakkuri bilan Vatanimiz taraqqiyotiga yanada katta hissa qoʻshishga chogʻlanmoqda.

Bugun – dehqonlarimiz yil boʻyi qilgan mashaqqatli mehnatining mahsuli xirmonga toʻplanadigan qizgʻin pallada bu hamjihatlik har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega.

Sababi paxtakorlarimizning 5-6 oylik mashaqqatli mehnati evaziga yetishtirilgan hosil, agar qisqa fursat ichida yigʻishtirib olinmasa, kuzning yogʻin-sochinli kunlarida nobud boʻlishi mumkin.

 

Qadrli ovul va mahalla ahli!

Bir-birovga yordam berish, qoʻllab-quvvatlash, qiyin-qistovli kunlarda mahalladoshlarimizning, qishloqdoshlarimizning yonida turib, ularga kamarbasta boʻlish xalqimizga azaldan bobomeros qadriyatdir. Bugun bobodehqonlarimiz peshona teri evaziga yetishtirilgan "oq oltin” bepoyon dalalarda, Siz azizlarning gʻayrat va shijoatingizni kutib yotibdi. Iqtisodiyotimizning asosi boʻlgan "oq oltin”ni yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmay, yigʻib-terib olishda paxtakor-dehqonlarga yaqin koʻmakdosh boʻling!

Unutmangki, Sizning bugungi xolisona yordamingiz ertangi kunimiz farovonligi, dasturxonlar toʻkinligi, farzandlar salomatligi va barkamol insonlar boʻlib voyaga yetishishida benihoya katta ahamiyat kasb etadi.

Bugun kechagidan, ertaga bugungidan ham samaraliroq mehnat qilishga, hashar damlarining har bir lahzasidan moddiy va maʼnaviy manfaatdor boʻlishga intiling! Sizning bu intilishingiz tumanimizning yuksak "oq oltin” xirmonini bunyod etish yoʻlidagi eng sharafli harakat ekanligini aslo unutmang! 

 

Aziz va muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillar!

Milliy urf-odat va udumlar, qoʻni-qoʻshnichilik qadriyatlari Siz, azizlarning har bir xatti-harakatingizda, oʻzbekona tutumlaringizda aks etib turishini barchamiz yaxshi bilamiz. Ayniqsa, Sizlarning feʼlingizga xos bu goʻzal fazilatlar, har yilgi paxta yigʻim-terimi davrida, oʻzaro hamjihatlik va mehr-oqibat timsoli boʻlgan hashar nomi bilan yanada ulugʻlik kasb etadi.

Oilalarimiz ustuni, charogʻboni boʻlgan koʻpni koʻrgan onajonlar!

Sizlarning farzandlar tarbiyasidagi mehnatsevarlik, oʻzaro hamjihatlik va mehr-oqibatga yoʻgʻrilgan katta hayot tajribangiz bugun beliga etak bogʻlab, paxtakorlarga yordamga chiqayotgan har bir oʻgʻil-qizga, yurtdoshlarimizga kuch va madad ekanligini unutmang!

Oʻz vaqtida, sifatli terib olingan har bir kilogramm paxta nuroniylarimizning pensiya va nafaqalarini, byudjet tashkilotlari ishchilarining oylik ish haqlarini oʻz vaqtida olishlari, ijtimoiy sohaning ravnaq topishi, el-yurt obodligi uchun katta  hissa boʻlishini farzandlarimizga ham tushuntirib, ularni ham yigʻim-terim ishlarida qatnashishga chaqiring!

Ertangi kun bunyodkorlari boʻlgan aziz yoshlar!

Siz – buyuk kelajagimiz egalarisiz! Sizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash davlatimiz siyosatining asosini tashkil qiladi. Shu maqsadda Prezidentimiz tashabbusi bilan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil qilindi. Agar Siz vaqtincha ishsiz yurgan boʻlsangiz, Yoshlar ittifoqining faol yoshlari safiga qoʻshiling! Tashkilot tomonidan tuzilgan "Fidoyi yoshlar otryadlari”ga aʼzo boʻlib, tengqurlaringiz bilan doʻstlashish, suhbatlashish va fikr almashish imkoniyatini qoʻldan boy bermang! Yigʻim-terim ishlarida qatnashib, faol mehnatingiz bilan Yoshlar ittifoqi va homiy tashkilotlarning qimmatbaho sovgʻalariga ega boʻling! Daromad topib, oilangiz farovonligiga va yurtimiz taraqqiyotiga hissa qoʻshing!

Eng muhimi, Sizning kamolga yetib, komil insonlar boʻlishingiz uchun yetarli sharoit yaratayotgan, imkoniyat eshiklarini ochayotgan davlatimizning chaqirigʻiga mehnatingiz bilan munosib javob qaytaring!

 

Qadrli yurtdoshlar!

Ota-bobolarimiz shu muqaddas zaminda asrlar boʻyi bir-biriga doʻst-birodar boʻlib, quvonch-u tashvishini birga baham koʻrib yashab kelishgan. Ajdodlarmiz anʼanalariga sodiq qolgan holda siz ham bugun oʻz oʻrningizni paxta dalasida deb bilib, dehqonlarimizga shu qiyin-qistovli kunlarda yelkadosh boʻlasizlar, yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib olishga hissangizni qoʻshasizlar, deb ishonamiz. Oʻzini shu yurtning farzandi, deb bilgan har bir kishining oʻrni bugun dalada! Yurt koriga yarash, elga kamarbasta boʻlish esa haqiqiy vatanparvarlikdir!

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026