DIQQAT, AKTsIYa! (+Video)
Hurmatli yurtdoshlar!
2017-yilgi paxta yigʻim-terimi mavsumini uyushqoqlik bilan oʻtkazish hamda terimchilarni ragʻbatlantirish maqsadida Agrosanoat majmuasi xodimlari kasaba uyushmasi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashlari, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi va Fermerlar kengashi"Omadli terimchi” aktsiyasini eʼlon qiladi.
Siz ham 1-oktyabrdan 5-oktyabrgacha, 5 kun davomida oilangiz va yaqinlaringiz bilan jami 500 kilogrammdan, yaʼni har kuni 100 kilogrammdan ortiq paxta tering va aktsiyada ishtirok etib, qimmatbaho sovgʻalar egasiga aylanish imkoniyatini qoʻlga kiriting!
Bitta skuter, bitta Artel muzlatgichi, bitta Artel televizori, 2 ta mikrotoʻlqinli pechlar, 5 ta TV-tyuner, 5 ta Tefal hamda 5 ta termos kabi qimmatbaho sovgʻalardan birini qoʻlga kiriting!
Buning uchun "Mening oilam” gazetasining 28-sentyabr kungi sonida chop qilingan aktsiya kuponini toʻldirib, oʻzingiz yashayotgan ovul va mahalla fuqarolar yigʻiniga taqdim qiling. Aktsiyada ishtirok etish bepul. Aktsiya qogʻozi chop qilingan gazeta fuqarolar yigʻini tomonidan uyingizga bepul yetkazib beriladi.
Shuningdek, aktsiyada ishtirok etish yoki etmasligidan qatʼiy nazar terilgan har bir kilogramm paxta uchun 500 soʻmdan pul beriladi.
Qoʻshimcha maʼlumotlarni 515-33-90, 515-41-03 telefon raqamlaridan olishingiz mumkin.
Aktsiyada 18 yoshga toʻlmaganlar, kollej va oliy oʻquv yurtlari talabalari, taʼlim va sogʻlikni saqlash tizimi xodimlarining ishtirok etishi taqiqlanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶