PAXTAGA YoNGʻIN XAVF SOLMASIN!
Ayni damlarda tumanimizda paxta yigʻim-terimi qizgʻin pallaga kirdi. Yigʻim-terim davrida yongʻin xavfining oldini olish, bebaho boyligimizni asrash har birimizning burchimizdir.
Shu maqsadda barcha fermer xoʻjaliklarida paxtani quritish oʻrinlari, suv havzalari mavjud boʻlgan joylarga yaqin boʻlishi taʼminlandi. Paxta hosilini qabul maskanlariga eltishda traktor tirkamalariga ortilgan paxta ustiga, albatta, sholcha yoki brezent yopilishi zarurligi barcha fermer xoʻjaliklari rahbarlariga tushuntirildi. Chunki, paxta qabul qilish punktlarida va paxta dalalarida chekish, ochiq olovdan foydalanish hamda paxta hosilini yoʻl chetlarida quritish qatʼiyan man qilinadi. Xirmonlar, paxta quritish oʻrinlari, yoʻl boʻylari hamda paxta qabul qilish shoxobchalarida «Paxtani olovdan asraylik!», «Chekilmasin!», «Olovdan foydalanish man qilinadi!» kabi tavsiyalar, koʻrgazmalar va pannolar koʻrinarli joylarga osib qoʻyilib, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalari bilan toʻliq taʼminlandi.
«Amudaryo paxta zavodi» hissadorlik jamiyati hamda unga qarashli paxta qabul qilish shoxobchalarida paxta hosilini qabul qilish ishlari qizgʻin davom etmoqda.
Yigʻim-terim mavsumida qatnashayotgan koʻngilli hasharchilarning dam olish joylarida yongʻin xavfsizligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi, yongʻindan saqlanish mavzusida suhbatlar oʻtkazilib, yoʻriqnomalar va koʻrsatmalar berildi.
Paxtani qabul qilish shoxobchalarida koʻngilli yongʻin oʻchirish guruhlari tuzilib, guruh aʼzolariga tegishli vazifalar yuklatildi. Mangʻit shahar 3-sonli Kasbiylashtirilgan yongʻin xavfsizligi qismi shaxsiy tarkibi va 2 ta jangovar ekipaj, «Amudaryo paxta zavodi» hissadorlik jamiyatining koʻngilli yongʻin oʻchirish guruhi va 1 ta jangovar ekipaji bilan paxta tozalash zavodida va paxta qabul qilish shoxobchalarida yongʻin oʻchirish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Bu yilgi «Paxta – 2017» yigʻim-terim mavsumida ham faol qatnashib, yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimlarining koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarsak, milliy boyligimiz boʻlgan paxtani yongʻindan asrashga va demakki, davlatimiz iqtisodini yanada yuksaltirishga oʻz hissamizni qoʻshgan boʻlamiz.
Hamro MATYoQUBOV, tuman IIB YoXB boshligʻi, mayor.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶