AGRAR SOHADAGI MUNOSABATLARNING YaNGI BOSQIChI
Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz agrar sohasida yangi islohotlarga asos boʻladigan, mazkur tarmoqda ulkan burilish yasaydigan hujjatlar imzolandi. Xususan, 2017-yil 9-oktyabr kuni eʼlon qilingan "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2017-yilning 10-oktyabr kuni imzolangan "Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori shular jumlasidandir.
Farmonga muvofiq fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda qishloq xoʻjaligi ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligini oshirishning yettita ustuvor yoʻnalishlari belgilab berilgan. Yaʼni, 2018-yil hosilidan boshlab fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi har chorakda xalq deputatlari tuman Kengashlarida, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi har oyda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida muhokama qilib borish, yer maydonlaridan samarasiz foydalangan, qishloq xoʻjaligi ekinlarini toʻliq ekmagan, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida amalga oshirmaganlarga nisbatan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarning bekor qilinishigacha boʻlgan qatʼiy javobgarlik choralarini koʻrish tartibi belgilandi.
2018-2021-yillarda fermer xoʻjaliklari bosqichma-bosqich koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklariga aylantiriladi. 2018-yil 1-oktyabrga qadar barcha dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlari toʻliq xatlovdan oʻtkaziladi va ularning yagona reyestri shakllantiriladi.
2022-yilning 1-yanvaridan boshlab, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻymagan fermer xoʻjaliklari bilan yer ijarasi shartnomalari bekor qilinadi.
Umuman olganda, yuqoridagi Prezident Qarori va Farmoni aholida yerga boʻlgan munosabatni oʻzgartiradi, mamlakatimizda qishloq xoʻjaligidagi munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarishga, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga, yurtimiz iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirishda muhim asos boʻladi.
B.Temirxanova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiy sudi raisi.
(Foto - http://navoiagro.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶