Içimlik suvimiz tozami?
Savol: -Biz vodoprovod suvidan isteʼmol qilamiz. Isteʼmol qilayotgan içimlik suvimiz tozami? Vodoprovod suvi qanday zararsizlantiriladi?
Javob: - Suv-obi hayot, usiz hayotni tasavvur qilib bölmaydi. Suv inson va hayvonlar, ösimliklar dunyosi, xullas butun borliq uçun zarur bölgan tabiatning inʼomi. Suv –tabiatdagi eng oddiy qöşilma bölib, ikki atom hidrogen, bir atom oksigendan iborat.
Inson sihat-salomatligini saqlaşda suvning ahamiyati juda katta. Organizmdagi fiziologik va moddalar almaşiş jarayonlarida aktiv qatnaşadi. Maʼlumki odam tanasining 65 foizini suv taşkil qiladi. Organizmda 6-8 foiz suv yöqotilsa harorat kötariladi, teri qizarib yurak urişi , nafas oliş tezlaşadi, muskullar çarçaydi, boş aylanadi. 10 foiz miqdorda suv yöqotiş organizmni oğir holatga tuşirib qöyadi, 15-20 foiz suv yöqotiş ölimga olib borişi mumkin. Suv katta issiqlik hajmiga ega, organizmdagi biokimyoviy jarayonlarning hammasi, modda almaşiniş jarayonlari suvning iştirokida ötadi. Suvning yana bir xususiyatlaridan biri, hujayralarning tsitoplazmasini va töqimalararo suyuqliklarini past haroratda, ularni muzlab qolişdan asrab qoliş ehtimoli bor. Içimlik suvi heç qanday töyimli xususiyatga ega bölmasada u organizmdagi hamma hayotiy jarayonlarni taʼminlaydi, ovqat hazm qilişda, moddalar almaşinişida, töqima sintezida qatnaşadi.
Içimlik suvining köp qirrali xossalari va tarkibiy qismi aholining soğligiga, gigiyenik maqsadlar uçun, oziq-ovqatlar tayyorlaş uçun foydalanganda xavfsiz, zararsiz bölmoği şart. Aholining kommunal xizmati uçun ançagina çuçuk suv sarflanadi. Masalan, kundalik organizmning fiziologik talabi 2,5-3 litrga, havo harorati kötarilganda 3-4 litrga, jismoniy mehnat havo harorati kötarilganda bajarilsa, suv isteʼmoli 6-8, goho 10 litrga yetişi mumkin. Tananing tozaligini saqlaş uçun kunda jon boşiga 30-40 litr, uy xonalarining tozaligini saqlaş uçun 10-15 litr, hojatxona uçun (kanalizatsiyali uylarda) 18-25 litr, daraxtlarni suğorişga 32-35 litr suv sarflanadi. Jami suv sarfi 1 kişi uçun 130-140 litr, katta şaharlarda esa 350-600 litr suv sarfi kuzatiladi. Har bir inson 70 yoşga kirganiga qadar 64-77 m3 suvni isteʼmol qilar ekan.
Bu – suv va suvdan foydalaniş haqidagi tuşunçalar edi. Endi men yuqoridagi savolga javob berişga harakat qilaman.
Markazlaşgan vodoprovod suvi bilan taʼminlaş maqsadida köpinça oçiq yuza suv havzalaridan foydalaniladi. Bizning tumanimizda ham vodoprovod suvi manbai Manğit arna kanali hisoblanadi. Oçiq suv havzalaridan olinadigan suv aholiga toza holatda yetib borişi uçun ularning sifati turli usullar bilan yaxşilanadi. Ular tindiriladi, közga körinmas osilmalardan tozalanadi. Manğit arna kanalidan suv nasos yordamida tuman suv tarmoqlari filiali hududidagi maxsus tindirgiçlarga haydab beriladi. Tindirgiçlar 3ta bölib, suv tarkibidan osiğliq moddalar yöqotilib tindiriladi. Tindirgiçlarda tindirilgan suv maxsus berk hovuz-rezervuarlarga tuşadi. Pezervuarlardagi suvni yuqumli kasalliklar çaqiruvçi mikrob va viruslardan tozalaş uçun suvga maxsus dezinfektsiya moddalari qöşiladi. Dezinfektsiya moddalari sifatida suyuq xlordan foydalaniladi. Suvni töla-tökis zararsiz holatga keltiriş uçun suvdagi xlor miqdori yetarli bölişi zarur. Xlor suvga tuşgaç, faqat mikroblar bilan reaktsiyaga kirişmay, balki organik moddalar bilan ham reaktsiyaga kirişadi. Suvdagi bakteriyalarni öldiradi hamda suvdagi moddalarning xlor bilan töyinişini taʼminlaydi. Zararsizlantirilgan suv tarkibidagi xlor miqdori har soatda tekşirib turiladi va maxsus jurnalga qayd qilinib boriladi. Suv sinamalari tuman suv tarmoqlari filialidagi kimyoviy va bakteriologik laboratoriyalarga olib borib tekşiriladi va meʼyorda uşlab turiladi, zararsizlantirilgan suv tarmoqqa uzatiladi. DSENM xodimlari tomonidan grafik asosida vodoprovod tarmoqlaridan suv namunalari olinib boriladi. Olingan suv namunalari DSENM ning sanitariya-gigiyena va bakteriologik laboratoriyalarida tekşirilib, natijalari mutaxassislar tomonidan taxlil qilib boriladi.
Savolga Amudaryo tuman DSENMning kommunal gigiyena bölimi mudiri Ilhom Yusupov javob berdi.
Maqola “Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyatining Özbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat taşkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan “Salomatlik – tuman boylik” nomli loyihasi doirasida tayyorlandi.



▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶