ENDI OTAPChILAPNING PIZQI KAMAYaDIGAN BOʻLDI
Negaki Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Senati “Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish toʻgʻrisida”gi qarori loyihasida nikoh toʻylarida 2 tadan koʻp avtomobil, bir nafar (guruh)dan ortiq sanʼatkor qatnashishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilangan.
Umumxalq muhokamasiga havola etilgan qaror loyihasida endilikda artistlarning bir kunda bir necha toʻyda ikki-uch qoʻshiqni fonogarammadan foydalanib, ijro etib, daromad topishlariga chek qoʻyilishi, qolaversa, bunda sanʼatkorning bunday huquqqa ega yaʼni litsenziyaga ega boʻlishi lozimligi ham koʻrsatilgan.
Shuningdek, toʻy-hashamlarni soat 10 dan 23 gacha, uzogʻi bilan 150 kishi ishtirokida, oilaviy tantanalar, marhumlarning xotirasiga bagʻishlangan xayr-ehson marosimlari ham ortiqcha isrofgarchiliklarsiz, dabdabasiz oʻtkazish meʼyorlari va tartiblari haqida soʻz boradi.
Yurtdoshlarimiz muhokamada faol qatnashib, qarorning eng maqbul tarzda qabul qilinishiga hissa qoʻshishlari mumkin.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶