30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:01
Siyosat 👁 1,447

Tuman hokimi sessiyada hisobot berdi

Tuman hokimi sessiyada hisobot berdi

24-mart kuni tuman hokimligida xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 44-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunning tegishli moddalariga asosan viloyat, tuman, shahar hokimining hisoboti tegishli xalq deputatlari Kengashining viloyat, tuman, shaharning oʻtgan yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va joriy yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan majlisida, yaʼni sessiyasida eshitilishi belgilangan.

Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi Reglamentining 46-moddasiga asosan, hokimning hisobotini eshitishda xalq deputatlari tuman Kengashining raqobatlashayotgan partiya guruhlari rahbarlaridan biri sessiyaga raislik qiladi, deb belgilangan.

Tuman Kengashidagi raqobatdosh siyosiy partiyalar deputatlik guruhlari rahbarlarining yigʻilishining qaroriga asosan, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi – 44-sessiyasiga raislik qilish Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasining deputatlik guruhi rahbari Maqsud Saʼdullayevga topshirildi.

Sessiya kun tartibiga 9 ta dolzarb masalalar kiritildi.

Kun tartibidagi birinchi masala, yaʼni Amudaryo tumanining 2017-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yakunlari va 2018-yilga moʻljallangan ijtimoiy-iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev hisobot berdi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, 2017-yilda tumanda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 220,6 mlrd soʻmga yetib, oʻtgan yilga nisbatan oʻsish surʼati 121,2 foizni tashkil qilgan. Shuningdek, xalq isteʼmol mollarini ishlab chiqarish hajmi 88,5 mlrd soʻmni, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 339,3 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

2017-yil tuman Maqsadli dasturlari ijrosi boʻyicha jami 38 mlrd 923 mln soʻmlik 250 ta loyihalar amalga oshirilib, 885 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi, ularga esa 23 mlrd 386 mln soʻm tijorat banklari kreditlari ajratildi. Tumanning tashqi savdo aylanmasi 2017-yilda 6 mln 607 ming AQSh dollarani tashkil qildi.

Hisobotda iqtisodiy va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish, yangi ishi oʻrinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Kun tartibidagi masala boʻyicha siyosiy partiyalar vakillari, doimiy komissiyalar aʼzolari, deputatlar hamda muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari soʻzga chiqib, fikr-mulohazalarini bildirdi. Tuman hokimining hisobotini muhokama qilish yakunlari boʻyicha, shuningdek doimiy komissiya xulosasi va partiya guruhlari fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda xalq deputatlari tuman Kengashining qarori qabul qilinib, hokim va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari ishining samaradorligiga qoniqarli deb baho berildi.

Shuningdek, sessiyada 2017-yil davomida jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori Fahriddin Sabirovning, Voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika inspektorlari ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Aziz Qurboniyazovning hisoboti tinglandi. Hisobotlarda oʻtgan davr mobaynida tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan ishla, bu borada yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf qilish boʻyicha chora-tadbirlar xususida soʻz yuritildi.

Sessiyada tuman mahalliy byudjetining 2017-yildagi ijrosi ham koʻrib chiqildi. Bu masala yuzasidan tuman moliya boʻlimi mudiri Baxtiyor Kamolov hisobot berdi. Deputatlarga mahalliy byudjetning daromadlar rejasining bajarilishi, byudjet xarajatlarining sarflanishi boʻyicha batafsil maʼlumot berildi.

Kun tartibidagi beshinchi, yaʼni Xalq deputatlari tuman Kengashi, Kengash doimiy komissiyalari va Kengash deputatlarining 2017-yildagi faoliyati natijalari toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman Kengashining Reglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Xonimjon Rajabova hisobot berdi. Hisobotda oʻtgan yili tuman Kengashi, Kengash doimiy komissiyalari va deputatlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berilib, Kengash va doimiy komissiyalar faoliyatini yanada jonlantirish, deputatlarning faolligini yanada oshirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Sessiyada Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qarorlari bilan deputatlarni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish boʻyicha nizomlar tasdiqlangan hamda tuman Kengashlariga Kengash deputatlarini ragʻbatlantirish boʻyicha “Adolatli deputat”, “Xalqparvar deputat”, “Mehnatkash deputat” va “Fahriy deputat” nomlarini berish tartibi yuzasidan tuman Kengashining nizomi va komissiya tarkibi hamda shu masala boʻyicha Kengash qarori loyihasi muhokama qilindi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taʼminlash boʻyicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Alisher Yuldashevning axboroti tinglandi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala, yaʼni Amudaryo tumanida maktabgacha taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Alisher Yuldashev hisobot berdi. Hisobotda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatini jonlantirish, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish koʻrsatkichlarini yaxshilash, bogʻchalar binolarini qurish va taʼmirlash boʻyicha rejalashtirilayotgan ishlar xususida ham maʼlumotlar berildi.

Sessiyada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining ikkita farmoyishi - “Anvar Yuldashevni Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari – qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi va “Rashid Salayevni Amudaryo tumani hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi farmoyishi deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha fikr va mulohazalar inobatga olinib, tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.

Gʻ.Yeshniyozov

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026