Jamiyat
👁 1,036
Navroʻz taassurotlari
Navroʻz taassurotlari
Tumanimizning barcha hududlarida boʻlgani kabi 69-sonli maktabda ham Navroʻz bayrami sharafiga ulkan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Maktab direktori oʻrinbosari Barchinoy Eshmatova, ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Sanamjon Matyoqubova, musiqa oʻqituvchisi Oʻktam Bozorboyevlar rahbarligida tayyorlangan qoʻshiq, raqslar, milliy urf-odatlarimiz oʻquvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.
Shu hududda yashovchi onaxon Anorgul opa Genjayevaning doirada shu hududga xos Navroʻzga bogʻliq termalarini zavq-shavq bilan kuylashi barchaning diqqatini oʻziga qaratdi.
Tadbir ishtirokchilariga Navroʻz bayrami shohtaomi – sumalak tarqatildi.
Sayyora Ashirova,
69-maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶