“AMUDARYo TOMORQA XIZMATI” MChJ TOMORQA EGALARINING ENG YaQIN HAMKORIGA AYLANADI
Aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanishiga, oʻz oilasi ehtiyojini qoplab, ortganini bozorga olib chiqishiga erishish yurtimizda maʼmurlik va toʻkin-sochinlik barqaror boʻlishiga zamin yaratadi.
Uzoq yilar mobaynida samarasiz foydalanilgan, ekilmasdan tashlandiq holga kelib qolgan aholining va dehqon xoʻjaliklarining ekin maydonlariga shu boisdan ham bugun munosabat tubdan oʻzgardi. Dehqonchilikka, turli ekinlardan moʻl hosil olishga innovatsion texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari joriy etilmoqda.
Yaqinda tashkil etilgan “Amudaryo tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati ham aynan shu vazifalar ijrosiga xizmat qiladi.
Jamiyat tomorqa, dehqon xoʻjaliklari egalariga bir necha turdagi xizmatlarni koʻrsatadi. Kelgusida MChJda sutni qayta ishlash tsexi, meva-sabzavotlarni sifatli saqlaydigan 1000 tonna sigʻimga ega sovutgich, meva-sabzavotlarni saralash, qadoqlash, qayta ishlash tsexi oʻz faoliyatini boshlaydi. Bundan tashqari, tomorqa egalari, dehqon xoʻjaliklari rahbarlari ekin maydonini haydash, ekishga tayyorlashda muammolarga duch kelmasligi uchun mexanizatsiya xizmati ham koʻrsatiladi, urugʻlik, koʻchat yetkazib beradi va ekinlarni begona oʻtlardan, zararkunandalardan asrashda kimyoviy usulda ishlov beradi. Albatta, yetishtirilgan mahsulotning oʻzidan ortganini sotish ham ayrim oilalar uchun muammo boʻlib turadi. Chunki bozorga mahsulot olib kelish uchun ham transport kerak, vaqt kerak. Baʼzan tumanimizning chekka hududlaridan meva-sabzavotni Mangʻit dehqon bozoriga olib kelish uchun kimdir naqd pul topolmaydi.
Shunday damlarda tumanimiz aholisi “Amudaryo tomorqa xizmat” MChJga murojaat qilishi mumkin. Jamiyat ekin ekiladigan yerlardan moʻl hosil olishga yordamlashish bilan birga yetishtirilgan hosilni yigʻishtirib, kelishilgan narxda sotib ham oladi.
Jamiyat faoliyati aholi tomorqalarida bozorbop va hosildor ekinlarni yetishtirishni tashkil qilish, xarid qilish, saqlash, qayta ishlash, ichki va tashqi bozorga sotib, tumanimiz iqtisodini yuksaltirishga, aholining turmush sifati oshishiga xizmat qiladi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶