Qishloq xoʻjaligi
👁 987
Amudaryoda 200 gektar yerga paxta ekilmaydigan boʻldi. Oʻrniga qanday ekinlar ekiladi?
Maʼlumki, past rentabelli, suv taʼminoti ogʻir, kam hosilli yerlarga paxta oʻrniga boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish nafaqat fermer xoʻjaliklarining daromadini oshirishga, balki, dasturxonlarimiz toʻkinligini taʼminlashga ham xizmat qiladi. Bu yil Amudaryo tumani boʻyicha 155 ta fermer xoʻjaliklarining jami 200 gektar ana shunday maydonlariga paxta oʻrniga kunjut ekiladi.
Bundan tashqari, tumandagi 35 ta fermer xoʻjaliklarining jami 150 gektar maydoniga soya ekish rejalashtirilgan. Buning uchun har bir gektariga 70 kg dan, jami 10,5 tonna “Selekta” navli soya urugʻligi olib kelingan va ayni kunlarda ekish ishlari deyarli yakunlandi.
(Foto - http://sgp.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶