FIZIKA FANIDAN BELLAShUV OʻTKAZILDI
Oʻquvchilar oʻrtasida fanlar boʻyicha bellashuvlar oʻtkazilib turilishi ularning oʻzlashtirgan bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Oʻquv yili yakunlanishi arafasida oʻquvchilar olgan bilimlarni mustahkamlash va yanada kengroq tushuncha olishlarini taʼminlash maqsadida 36- va 27- maktab oʻquvchilari oʻrtasida fizika fani boʻyicha bellashuv oʻtkazildi. Bellashuv 6 ta shart asosida oʻtkazilib, oʻquvchilarning fan boʻyicha olgan bilimlari amaliyotda sinaldi.
Oʻquvchilar bellashuv jarayonida fizika faniga doir formulalar asosida masalalar yechdilar. Amaliy laboratoriya ishlarini oʻtkazdilar. Fan bilimdonlari bir-biridan ortda qolmaslikka harakat qildilar.
Bellashuv yakunida bilimlar teng kelib, durang natijaga erishildi va doʻstlik gʻalaba qozondi.
Nigora Bozorboyeva, Yoshlar ittifoqi
“Kamalak” tashkiloti 36-maktab yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶