Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 50-sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT
2018-yil 2-iyul kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 50-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar, tijorat banklari, jamoat tashkilotlari rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari oqsoqollari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya kotibligiga 17-Boʻzyop saylov okrugidan tuman Kengashi deputati Gulasal Matyakubova saylandi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar havola qilindi:
1. Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2017-yil 13-dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning toʻliqligini taʼminlash boʻyicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5283-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosi toʻgʻrisida.
2. Tumandagi fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi toʻgʻrisida tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarining hisoboti haqida.
3. Tumanda fyermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisining axboroti haqida.
Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan tuman hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari M.Temirbayev, hokimning investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari va turizmni rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari P.Salayev, tuman moliya boʻlimi boshligʻi U.Bekniyazov va davlat soliq inspektsiyasi rahbarlari B.Kamalovlarning hisobotlari eshitildi.

Hisobotlar yuzasidan tuman Kengashining mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Muqaddas Beknazarova, Kengashning ijtimoiy – madaniy rivojlanish hamda yoshlar siyosati va sogʻlom avlodni tarbiyalash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Shirin Yangibayeva hamda deputat Nilufar Davletovalar savollar bilan murojaat qilib, tegishli javoblar oldi.
Sessiyada tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari Anvar Yuldashev tumandagi fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi toʻgʻrisida masala yuzasidan hisobot berdi.
Tuman Kengashi deputatlari Ulugʻbek Urazbayev, Kengashining agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi Ilxom Polvanov va boshqalar fikr-mulohazalari va savollar bilan ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala – tumanda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Fayzulla Sadullayev axborot berdi.
Axbortchi shuningdek, Qangli ovul fuqarlar yigʻini raisi Ulugʻbek Allambergenov, tuman Kengashi deputatlari Ashirboy Qoʻshayev va Gulmirza Babajanovlarning mavzu yuzasidan bergan savollariga javob berdi.
Shuningdek, sessiyada tuman Kengashi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
Kun tartibidagi barcha masalalar boʻyicha bildirilgan taklif, fikr va mulohazalar inobatga olingan holda tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶