Amudaryo tumanida 522 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda
Qishloq xoʻjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanish uchun Amudaryo tumanida jami 552 ta fermer xoʻjaliklari faoliyat yuritayotgan boʻlib, ularga umumiy maydoni 44 ming 792,7 gektar shundan 30 ming 760,7 gektar ekin yerlari biriktirib berilgan. Bu haqida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 50-sessiyasida tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.Yuldashev maʼlum qildi.
Shu jumladan, 505 ta fermer xoʻjaliklari paxta va gʻallachilik yoʻnalishlarida faoliyat yuritib, ularga 43 ming 481,7 ga yerlar (shuning 30 ming 8 gektari ekin yerlari) uzoq muddatga ijaraga berilgan.
Shuningdek, kichik biznes subʼektlarining 16 tasi bogʻdorchilik (jami yer maydoni 77 gektar), 5 tasi uzumchilik (jami yer maydoni 16,2 gektar), 5 tasi sabzavotchilik va polizchilik (jami yer maydoni 19,7 gektar), 15 tasi chorvarchilik (umumiy yer maydoni 1001 gektar), 5 tasi parrandachilik (131,7 gektar) va 1 tasi baliqchilik (64,9 gektar) yoʻnalishlarida faoliyat olib bormoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶