Davlatga pilla va gʻalla topshirish boʻyicha ShARTNOMAVIY REJALAR BAJARILDI
Tumanimizda faoliyat yuritayotgan 552 ta fermer xoʻjaliklari jami 44 ming 792,7 gektar, shundan 30 ming 760,7 gektar ekin maydonlaridan samarali foydalanmoqdalar.
Joriy yilda tuman boʻyicha 15 ming 550 gektar maydonga paxta, 3 ming gektar maydonga gʻalla, 1 ming 200 gektar dalaga achchiq qalampir ekilgan.
Shuningdek, fermer xoʻjaliklarining 510 gektar yer maydoniga sabzavot ekinlari, 150 gektar yeriga kartoshka, 450 gektar maydoniga poliz, 150 gektar dalasiga soya, 500 gektar yeriga sholi va 500 gektar maydoniga qizilmiya, qolgan maydonlariga esa ozuqa ekinlari ekilgan. Joriy yilda 15 tsentnerdan kam hosil olinadigan 200 gektar paxta ekiladigan dalaga kunjut ekilgan.
Dehqon va fermerlarimizning fidoyi mehnatlari natijasida joriy yilda 163 tonnadan ziyod pilla, 7400 tonnaga yaqin gʻalla davlat xazinasiga topshirildi hamda pillakor va gʻallakorlarimiz davlat shartnoma majburiyatlarini ortigʻi bilan bajardilar.
Ayni kunlarda esa paxtakorlarimiz hosilga hosil qoʻshish maqsadida fidoyilik bilan mehnat qilmoqdalar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶