TAKPOPIY EKINLAP BOʻYIChA KOʻPGAZMALI SEMINAP
12-iyul kuni “Namuna” mahallasida fuqarolar yigʻini tomonidan gʻalla hosilidan boʻshagan dalalarga takroriy ekinlar ekish boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi.
Mahalladagi fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari ishtirokida oʻtkazilgan ushbu koʻrgazmali seminarda tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi mutaxassisi Gʻayrat Saʼdullayev soʻzga chiqib, gʻalla hosilidan boʻshagan dalalarga takroriy ekinlar ekish boʻyicha oʻz taklif va maslahatlarini berdi.
Shundan keyin mahalla faollaridan M.Iskandarov, mahalla fuqarolar yigʻini posboni M.Saʼdullayev va mahalla fuqarolar yigʻini masʼul kotibi K.Tojiboyevlar ham soʻzga chiqishib takroriy ekinlar ekish boʻyicha oʻz tajribalari haqida gapirdilar.
Koʻrgazmali seminar ishtirokchilari tomorqa yerlarga sarimsoqpiyoz, kuzgi kartoshka va sabzi kabi takroriy ekinlarning ekilishini koʻzdan kechirdilar.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶