EKINLAR ZARARKUNANDALARDAN HIMOYa QILINADI
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi ekinlarini zararkunandalardan himoya qilish maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilayapti. Shu maqsadda tumandagi mavjud 16 ta biolaboratoriyalarda 129 kg. trixogramma, 60 mln. dona oltinkoʻz va 60mln. dona brakon mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Biolaboratoriyalarda mavsum boshidan shu kungacha 159 kg. sitotraga, 84,1 kg. trixogramma va 860 ming dona oltinkoʻz imtagosi ishlab chiqarildi.
Shu kungacha 2550gektar paxta maydonining har gektariga 500 donadan oltinkoʻz va 2445 gektar paxta maydonining har bir gektariga 1 grammdan trixogramma ishlatildi. Shuningdek, 10000 gektar paxta maydoniga hosildorlikning oshishiga omil boʻladigan gummi grand stimulyatori bilan ishlov berildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶