Yozgi taʼtilda 240 nafar amudaryolik bolajonlar Toshkent shahri va Qashqadaryo viloyatidagi oromgohlarda hordiq chiqardilar
Yurtimizning soʻlim goʻshalarida yozgi taʼtilda bolalar maroqli hordiq chiqarishlari uchun dam olish oromgohlari tashkil etilgan. Yozgi taʼtil boshlanganidan shu kunga qadar tumanimizdan Toshkent shahridagi bolalar oromgohiga 1-bosqichda 30 nafar, 2-bosqichda 120 nafar, 3- bosqichda esa Qashqadaryo viloyatidagi “Lochin” oromgohiga 90 nafar 10-14 yoshdagi oʻgʻil-qizlar hordiq chiqarish uchun joʻnatildi.
Mamlakatimizda “Eng namunali oromgoh” nominatsiyasi boʻyicha gʻoliblikni qoʻldan bermay kelayotgan Qashqadaryo viloyatidagi “Lochin” oromgohida bolajonlar ikki hafta davomida miriqib dam oldilar.
Katta tantana bilan kutib olingan bolajonlardagi koʻtarinki kayfiyat ularni dam olish kunlarining oxirigacha aslo tark etmadi.
Oromgoh binosiga oʻrnatilgan Tojmahal, Eyfel minorasi, Pegiston majmuasi, Oqsaroy, Misr piramidalari kabi dunyoga mashhur meʼmoriy obidalarning maketlari bolajonlarning oʻtmish haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdi va ajdodlarga ehtiromini oshirdi.
Oromgohda bolajonlar haykaltaroshlik, tikuvchilik, aktyorlik, kashtachilik, zardoʻzlik, naqqoshlik kabi toʻgaraklarda va shaxmat-shashka, voleybol, basketbol, tennis, suvda suzish kabi sport mashgʻulotlarida ishtirok etib, oʻz vaqtlarini mazmunli oʻtkazdilar. Undan tashqari, oromgohda oʻtkazilgan “Lochin star-2018” tanlovi, har bir viloyatlar urf-odatlariga bagʻishlangan koʻrgazma, “Suv bayrami”, “Zakovat” viktorinasi kabi tadbirlar barchaga olam-olam zavq bagʻishladi.
Qashqadaryo viloyatidagi “Lochin” oromgohida hordiq chiqargan bolajonlar tumanimizga juda katta taassurotlar bilan qaytdilar.
Saragul Yusupova, 36-sonli maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.


▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶