BOLAJONLAR SAFI YaNADA KENGAYaDI
Qilichboy ovulining “Besh ovul” mahallasidagi 42-sonli bolalar bogʻchasida ayni kunda 40 nafar bola tarbiyalanmoqda.
Bu yerda tashkil etilgan toʻgaraklarda turli mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Ularda ishtirok etayotgan bolajaonlar oʻqish-yozish, jismoniy tarbiya, musiqa va raqs sirlarini ham oʻrganmoqdalar. Ayniqsa katta guruhda tarbiyalanayotgan 20 nafar bolaning ingliz va rus tili toʻgaraklarida ishtirok etishib, shu tillarni oʻrganishayotganliklari kishini qoyil qoldiradi.
Bu bolalar bogʻchasida faoliyat koʻrsatayotgan Feruza Oʻrozmetova, Gulchehra Madrahimova va Yulduz Bozorboyeva kabi tarbiyachilarning, Muyassar Nurimova, Gulnora Abdullayeva kabi yordamchi tarbiyachilarning, hamshira Gulnora Rajabovaning bolalarni tarbiyalashdagi saʼy-harakatlari, fidoyiligi va tashabbuskorligi tahsinga sazovor boʻlayapti.
– Joriy yilning sentyabr oyidan bogʻchamizga yana 50 nafar bola qabul qilinadi. 55-oʻrinlik bogʻchaga 90 bolani joylashtirish, ularning tarbiyasi va taʼlim olishini tashkil etish oson boʻlmaydi albatta. Biz bunga bugundan boshlab puxta tayyorgarlik koʻrayapmiz, – deydi bogʻcha mudirasi Gulnora Qurbonboyeva.
Haqiqatan ham bugungi kunda ushbu bogʻchada qabul qilinadigan yangi bolajonlar uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶