Biz - talabamiz!
Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari maxallalarimizda oʻtkazgan targʻibot-tashviqot ishlari, OAVlari orqali bergan eʼlonlarida, endilikda Toshkent Davlat Yuridik universitetiga hujjat topshirish Davlat xizmatlari markazi tomonidan amalga oshirilishini maʼlum qilishdi. Bu biz uchun muhim yangilik boʻldi.
Biz bu yangilikni eshitgandan soʻng xujjatlarimizni olib, markaz xodimlariga uchradik. Abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilib olishga masʼul Xudaybergenova Nafisa Kamalboyevna «abitur.uz» saytiga tezkorlik bilan maʼlumotlarimizni kiritib, ariza qabul qilganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarimizdan bir nusxa berib, 29-31-iyulga qadar Universitetga borib, imtihonga kirish varaqasini olishimiz zarurligini aytdi.
Bizga talaba boʻlish baxti nasib etdi. Eng qimmatli vaqtimizni tejab hamda shu tejalgan vaqt ichida oʻqishga tayyorgarlik koʻrganimiz uchun biz ham talaba boʻldik.
Biz – yoshlarga shunday imkoniyatlar yaratib bergan muhtaram Prezidentimizga, Davlat xizmatlari Agentligi hamda tuman Davlat xizmatlari markaziga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Oybek Muxtorov, Shohruh Jumaboyev, Toshkent Davlat Yuridik universiteti talabalari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶