30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 13:29
Jamiyat 👁 711

Tinchlikni asraylik!

Tinchlikni asraylik!

Adabiyot darsida mashhur yozuvchi Oʻtkir Hoshimovning hayoti va ijodi bilan tanishdik. Adabiyot fani oʻqituvchimiz bizga Oʻtkir Hoshimovning “Ikki eshik orasi” asaridan berilgan parchalarni oʻqib kelishni uyga vazifa qilib berdilar.

Uyga borgach, ishlarimni qildim. Keyin esa darsligimni olib, uyga berilgan “Ikki eshik orasi” asarini mutolaa qila boshladim. Ushbu asar meni oʻziga shunchalik tortdiki, undagi voqealar shu darajada taʼsir qildiki, koʻzlarimda yosh qalqidi.

Mana shu romandan qisqagina parcha meni chuqur oʻyga solib qoʻydi. Va qalbimda bu asarning toʻliq nashrini oʻqish istagi uygʻondi. Kitobda insonlar taqdiri va inson umrining murakkabligi zoʻr mahorat bilan tasvirlangan. Asarni mutolaa qilishda bir narsani angladimki, adib birinchi navbatda tinchlikka rahna solgan urushni qoralaydi: uning gʻayriinsoniy mohiyatiga urgʻu beradi. Ayniqsa, urush voqeligining har bir ota-ona qalbini jarohatlagani, koʻngillariga ozor yetkazgani romanning umuminsoniy pafosini tashkil etadi. Adib qalamga olgan obrazlari vositasida oddiy odamlarning fazilatlari – mardligi, matonati, vatanparvarligi va sabr-bardoshini koʻrsatadi. Hammasidan ham koʻproq taʼsir qilgan va meni shu maqolani yozishga undagani – bu asarning III boʻlimidagi “Robiya” hikoyasi boʻldi. Chunki ogʻir xasta, koʻrpa-toʻshak qilib yotgan bemor onasining yonidan jilmay oʻtiradigan toʻqqiz yoshli Robiya na maktabga borar edi, na koʻchaga chiqardi. Dadasi ishdan kelishini kutib, och oʻtirar, kelgach esa yalinib non soʻrardi: “Dadajon iltimos, non bering, no-o-o-n”.

Aynan mana shu jumlalar mening yuragimni ezib yubordi. Va bir savol dilimni oʻrtadi: bizning hozirgidek tinch-totuv va baxtiyor kunlarimiz uchun qanchadan-qancha odamlar jonini fido qilgan. Tinchlik uchun kurashganlar. Ularning oilasi esa xuddi yuqoridagi “Robiya” hikoyasidagidek, och-nahor qolib, koʻp qiyinchiliklar koʻrgan. Bolalari, hatto maktabga borishmagan...

Biz hozir tinch-totuv va baxtiyormiz. Lekin ayrim tengdoshlarimiz mana shu farovon kunlarning, bepul taʼlimning qadriga etmasdan, ilm olib, hunar egallamasdan, oltinga teng vaqtlarini bemaʼni ishlar bilan oʻtkazishmoqda. Xoʻsh, ular har bir oʻtayotgan begʻam vaqti ortida qanchadan-qancha inson mehnati borligini bilisharmikan?

Aziz tengdosh! Yoshlik – oltin davr. Bu davrda faqat oʻqib-oʻrganib, ilm izlab, biror hunar egallab, oʻz oldingizga qoʻygan ezgu maqsadingiz sari dadil qadam tashlang. Kitob oʻqing va kitoblardagi hikmatlarni uqib oling. Kitob – eng kuchli va donishmand tarbiyachidir. Zero, ajdodlarimiz meros qoldirgan tinchlikni – har birimiz oʻz aql-u zakovatimiz bilan asraylik!

Iroda ERDOShEVA, 38-maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026