18.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.08.2026, 21:16
Maqolalar 👁 1,333

YuLDUZDAY POPLAB OʻTGAN AYoL

YuLDUZDAY POPLAB OʻTGAN AYoL

ikki marta umr koʻradi, deyishadi. Hayotlik chogʻidagi umri – uning birinchi umri. Agar hayotlik chogʻida oʻzidan biron yaxshi nom qoldiradigan ezgu amallar va savob ishlar qilsa, el-yurtiga manfaat keltirsa, demak umri davom etadi. Bunday insonlar doimo yod etib turiladi. Mangʻit shahrida elga taniqli boʻlgan Abdulla naqqosh oilasida 1940-yil 11-iyulda tavallud topgan Paʼno Abdullayeva ana shunday saodatga musharraf boʻla olgan insonlardan biri edi. Naqqosh bobo zamonasining yangilikka oʻch, oʻqimishli insonlaridan boʻlganligi bois, yagona qizini 30-sonli taʼlim rus tilida beriladigan oʻrta maktabga oʻqishga berdi. Oʻrta maktabni 1959-yilda aʼlo baholarga bitirgan bu zukko qiz shu yilning oʻzidayoq Samarqand Davlat Tibbiyot institutining davolash fakultetiga mangʻitlik qizlar orasida birinchi boʻlib oʻqishga kirdi. Talabalik yillarida Paʼno Abdullayeva butun salohiyatini tibbiyotning oʻziga xos sir-asrorlarini oʻrganishga bagʻishladi.

U 1965-yilda oliygohni imtiyozli diplom bilan bitirib, Davlat taqsimot hayʼatining yoʻllanmasi bilan oʻzi tugʻilib oʻsgan Mangʻit shahriga akusher- ginekolog shifokor boʻlib ishga keldi. Shu yillarda Paʼno Abdullayevadan oldin tumanda akusher-ginekolog ixtisosligi boʻyicha yerli xalq vakillaridan oliy maʼlumotli mutaxassis boʻlmagan.

– Endigina dunyoga kelgan maʼsum chaqaloqning birinchi “inga”sini eshitish, onaning koʻzlaridagi baxtiyorlikni koʻrish men uchun juda katta baxt, – degan ekanlar opa hayotlik paytlarida “Amudaryo haqiqati” gazetasining maxsus muxbiri X.Pajabova bilan 1978-yilda boʻlgan bir suhbati chogʻida.

Paʼno opa Abdullayeva 4-yilcha tugʻruqxonada ishladi, qanchadan-qancha el farzandlariga doyalik qildi.

Opaning ilmi va tajribalari Pespublika Oliy attestatsiya hayʼati tomonidan munosib baholanib, oliy toifali akusher-ginekolog shifokor darajasiga yetishgan edi.

“Tibbiyot sohasida eng qiyini va ogʻiri ham jarroh va akusher-ginekologlarning ishi hisoblanadi. Har ikkalasida ham bemor dunyoga qayta kelayotgandek boʻlib qiynaladi, iltijoli koʻzlari bilan shifokordan madad kutadi. Mening birinchi ustozim Polina Ivanovna Tetyanova esa “Oʻzingni unutib, oʻzgalar uchun xizmat qilsanggina, sen haqiqiy shifokor boʻlasan”, deb bejiz maslahat bermaganlar”, – der edilar opa kasbdosh shogirdlariga.

Oʻzining tugʻilib oʻsgan jonajon ona yurtida ilk bor oʻz mutaxassisligi boʻyicha ish boshlagan bu inson koʻplab shogirdlar yetishtirdi. Paʼno Abdullayeva deganda bu siymo chinakam mehridaryo ustoz, mehribon shifokor va fidoyi zamondosh sifatida koʻz oldimizda gavdalanadi. 1965-yilning oktyabriga kelib, kasalxona rahbariyati opaning oʻz ishiga boʻlgan intiluvchanlik va masʼuliyat hissini yuqori baholab, uni tuman markaziy tugʻruqxonasi mudiri etib tayinladi.

unutib, oʻzgalar uchun yashash va bundan huzurlana bilish Paʼno opa uchun hayot mezoniga aylangan edi, desak mubolagʻa boʻlmas. 1970-yil iyun oyidan Paʼno Abdullayevani tuman va respublika rahbariyati tuman markaziy shifoxonasiga bosh shifokor etib tayinlashdi.

1933-yilda xom loydan paxsa devor qilib qurilgan kasalxona binosi u paytda zax tortib yorilib, halokatli holatga kelib qolgan edi. Tinib-tinchimas opa Qoraqalpogʻiston va Oʻzbekiston Pespublikalari davlat rahbarlari oldiga bir necha bor yozma va ogʻzaki ravishda murojaatlar qilib, tumanimiz markazida yangi kasalxona va tugʻruqxona binosi qurishni davlat rejasiga kiritishni soʻraydi. Natijada uning arizasi rahbariyat tomonidan ijobiy hal qilinib, Qoraqalpogʻiston Pespublikasining oʻsha davrdagi rahbarlari Qallibek Kamolov va Kamol Pizayevlar eʼtibori bilan shifoxona qurilishi boshlanadi.

1973-yilda Qoraqalpogʻiston Suv xoʻjaligi vazirligi hisobidan Amudaryo tumani markaziy shifoxonasiga 2 ta ikki qavatli shifoxona binosi qurib berilishi toʻgʻrisida qaror va loyiha davlat rejasiga kiritilib, tez fursatlarda qurilish ishlari boshlab yuborildi. 1974-yil bahorida qurilish ishlari boshlanib, 1975-yil kuzida har ikkala 2 qavatli zamonaviy meʼmorlik uslubidagi muhtasham shifoxona binosi tantanali tarzda foydalanishga topshirilishi tumanimiz tarixida quvonchli voqea boʻldi.

1976-yilda esa yana bir uch qavatli shifoxona binosi uchun qurilish loyihasi tayyorlanadi va u 1977-yilda foydalanishga topshiriladi.

Albatta, bu uchala katta hajmdagi koʻp qavatli binolarni loyihalashtirib, davlat qurilish rejasiga kiritishning oʻzi boʻlmasligini rahbarlikdan ozgina xabari boʻlgan har qanday odam ham yaxshi biladi. Bularning barchasi bosh shifokor Paʼno Abdullayevaning idorama-idora tinimsiz yelib-yugurishlari va undagi oʻziga xos yuksak darajadagi rahbarlik salohiyati mujassamlashganligining ijobiy natijasidir.

1978-yilda tuman firqa qoʻmitasi yangi binoga koʻchishi munosabati bilan qoʻmitaning eski ikki qavatli binosi ham taʼmirlanib, markaziy shifoxona maʼmuriyati ixtiyoriga topshirildi. Bu binoga zamonaviy koʻptarmoqli poliklinika joylashtirildi.

yigirma nafardan ziyod malakali tibbiyot xodimlari ish bilan taʼminlandi. Yaxshidan bogʻ qoladi, deganlaridek Paʼno Abdullayeva shu sermazmun rahbarlik faoliyati davrida qanchadan-qancha xayrli amallar qilib, yuzlab tajribali, ilmli shogirdlar tayyorladi.

1980-yilda Paʼno Abdullayevani Amudaryo tuman firqa qoʻmitasining kotibligi lavozimiga tayinlashdi. U bu lavozimda faoliyat yuritib, tumanda sogʻliqni saqlash, maorif va madaniyat sohalarini rivojlantirish ishlariga bir necha yillar davomida rahbarlik qildi, xotin-qizlar ishlarini yaxshilash borasida tashkiliy-tarbiyaviy yumushlarga bosh-qosh boʻladi. 1986-yildan esa yana tuman markaziy shifoxonasi bosh shifokori oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatdi.

Paʼno Abdullayevaning oilasini nafaqat tumanimizdagi, balki Pespublikamizdagi ibratli oilalar qatoriga qoʻshsak arziydi. U kishining turmush oʻrtogʻi Komil Soatov 30-sonli umumtaʼlim maktabida boshlangʻich harbiy taʼlim rahbari va jismoniy tarbiya fani oʻqituvchisi boʻlib ishlab kelgan. Hozirgi kunda nafaqada. Ular uch nafar farzandlarga ota-ona, oʻnlab nevaralarining sevimli buvisi hamda bobosi boʻlganlar. Katta qizlari Barno Soatova onasining kasbini tutib, Samarqand Davlat Tibbiyot oliygohining davolash fakultetini tugatdi, oliy toifali shifokor – markaziy shifoxonaning jonlantirish boʻlimida ishlab kelmoqda. Oʻgʻli Bahrom Soatov ota kasbini egallagan. Tumandagi Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida bosh murabbiy vazifasida ishlaydi. Kenja oʻgʻli Alisher esa tadbirkor. Soatovlar sulolasi mashhur Soat polvonlar shajarasidan. Kamol Soatov bir necha bor erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda oʻtkazilgan chempionatlarning mutlaq gʻolibi boʻlgan.

Abdullayevaning mehnatlari davlatimiz tomonidan oʻz vaqtida munosib baholanib, “Mehnatda oʻrnak koʻrsatganligi uchun” medali, bir qancha faxriy nishonlar, shuningdek, “Qoraqalpogʻiston Pespublikasida xizmat koʻrsatgan shifokor” kabi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Beshafqat oʻlim 2015-yilda bilimdon va tajribali shifokor, koʻplab tibbiyot xodimlarining samimiy va mehribon ustozi, tashkilotchi rahbar Paʼno Abdullayevani oramizdan olib ketdi. Har yili nishonlanadigan “Xotira va qadrlash kuni”da Paʼno Abdullayevaning sodiq doʻstlari, farzandlari, tumanimizning keng jamoatchiligi uning ruhini hurmat bilan yodga oladilar, onaxon ustoz haqida iliq soʻzlar aytiladi.

Ha, yaxshi insonlar va ularning yaratuvchanlik ishlari odamlar xotirasida abadiy muhrlanib qoladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019