Kitob oʻqish ahamiyati targʻib etildi (+video)
Mamlakatimizda “Adabiyotga eʼtibor – maʼnaviyatga, kelajakka eʼtibor” shiori ostida kitob targʻibotiga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan. Aytish joizki, ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar davlatimiz tomonidan adabiyotni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor va erishilayotgan natijalarni keng jamoatchilikka yetkazishda, xalqimiz, jumladan, yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda, ijodkorlar va kitobxonlar oʻrtasidagi muloqotni yaxshilashda oʻz samaralarini bermoqda.
Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari yozganidek, kitob – beminnat ustoz, bilim va maʼnaviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbaidir. Darhaqiqat, insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli boʻlishining muhim omili – bu kitobga doʻst boʻlish, hamisha kitob oʻqish va kitob mutolaasini umr boʻyi kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlar tarbiyasida kitob mutolaasining alohida oʻrni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuygʻularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
30-oktyabr kuni 40-sonli maktab majlislar xonasida boʻlib oʻtgan “Kitoblarning yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishdagi oʻrni va ahamiyati” mavzusidagi davra suhbatida ham shu xususda soʻz bordi. Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi tuman Kengashi tashkillashtirgan ushbu tadbirda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilaridan tashqari partiya faollari, Pespublika maʼnaviyat-targʻibot markazi tuman boʻlimi boshligʻi Mahmud Safarboyev, “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti raisi Ahmad Nafasov va partiyadan saylangan deputatlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida soʻzga chiqqanlar inson hayotida kitobning oʻrni va ahamiyati beqiyosligi, yoshlarda kitob mutolaasiga qiziqishini oshirish, oilaviy kitob oʻqish ota-onalar va bolalarning oʻzaro munosabatlarini yaxshilashi bilan bir qatorda yoshlarning kitob oʻqish, madaniyatini shakllantirishini taʼkidlab oʻtdilar.
– Maʼrifatli, maʼnaviyati yuksak va bilimi teran boʻlgan kadrlar yurtni farovon qiladi, mamlakat taraqqiyotini tezlashtiradi. Chinakam bilimni esa kitob oʻqimasdan turib egallash aslo mumkin emas, – deb taʼkidladi Oʻzbekiston milliy tiklanish demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi Shirin Yangiboyeva.
Tadbirda koʻp kitob oʻqishning inson xayotidagi tutgan oʻrniga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir ishtirokchilar koʻnglida koʻproq kitob oʻqishga ragʻbat uygʻotgani shubhasiz.
O.Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶