“Qizlarjon” klubi qizlarni birlashtiradi
Biz tinch va osoyishta zamonning baxtiyor yoshlarimiz. Bugungi kunda Prezidentimizning yoshlarga qaratayotgan eʼtibori, yaratayotgan imkoniyatlari barchamizni ezgu ishlarga ilhomlantiradi. Oʻqishda va hayotda yuqori natijalarga erishishimizda davlatimizning, ayniqsa, Prezidentimizning gʻamxoʻrliklari bizga kuch bagʻishlaydi.
Bizning Mangʻit Iqtisodiyot kollejimizda oʻz iqtidorimizni namoyon etishimiz, maʼnaviy-maʼrifiy bilimimizni oshirishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, kollej boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti qoshidagi “Qizlarjon klubi” tomonidan oʻquvchi-qizlarning odob-axloqi, kiyinish va muomala madaniyatiga oid mavzularda oʻtkazilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bunday tadbirlar oʻquvchi-qizlarni birlashtiradi, oʻz qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlarida imkoniyat yaratadi.
Yaqinda 2-17-guruh oʻquvchi-qizlari tomonidan tashkil etilgan “Jannat – onalar oyogʻi ostidadir”, tadbirida 1-17-guruh oʻquvchi-qizlari tayyorlagan sahna koʻrinishlari, sheʼrlar va monologlar orqali hozirgi yoshlarning kiyinish borasidagi milliyligimizga mos kelmaydigan qarashlari tanqid ostiga olindi. Ushbu sahna koʻrinishlarini namoyish etishda Iroda Yoʻldosheva, Aziza Haytboyeva, Shahrizoda Yoʻldosheva, Sarvinoz Bozorboyeva, Navbahor Matyoqubova kabi faol oʻquvchi-qizlar ishtirok etishdi.
Tadbir soʻngida kollej boshlangʻich xotin-qizlar tashkiloti “Qizlarjon” klubi yetakchisi Sayyora Ibodullayeva, “Yosh oila quruvchilar” maktabi rahbari Gulora Jumaniyozovalar soʻzga chiqishib, qizlarning koʻcha-koʻyda oʻzlarini tutishlari, kiyinish va muomala madaniyatidagi kamchiliklarni aytib oʻtishdi hamda tadbirning badiiy qismini tashkil qilgan 1-17-guruh qizlariga minnatdorchilik bildirdi.
Muqaddas QILIChEVA, Mangʻit iqtisodiyot kolleji
ingliz tili oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶