Pus tili fan oyligida oʻquvchilar qoʻshimcha maʼlumotlarga ega boʻldilar
Maktablarda fan oyliklari doirasida oʻtkazilayotgan turli tadbirlar va ochiq oʻquv mashgʻulotlarida oʻquvchilar fanlar boʻyicha yanada keng tushuncha va maʼlumotlarga ega boʻlishmoqda. Bu oʻquvchilarning darslarni oʻzlashtirishlarida ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Tumandagi 31-sonli umumtaʼlim maktabida noyabr oyi davomida “Pus tili fan oyligi” oʻtkazildi. Maktabning rus tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari oʻquvchilar bilan birgalikda fan oyligi munosabati bilan maktab foyesidan boshlab fanga doir rus adabiyoti shoir va yozuvchilarining hikmatli soʻzlari, portret va bukletlari bilan bezatdilar. Koʻchma kutubxona tashkil qilinib, 5-sinf oʻquvchilari oʻrtasida “Samiy luchshiy chtets”, “Samiy krasiviy pocherk”, “Luchshiy znatok poslovits” tanlovlari oʻtkazildi. Tanlovda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar S.Tojiboyeva, L.Pajabboyeva, L.Quvvatova, S.Xudoyorovlar ragʻbatlantirildi.
Ochiq dars mashgʻulotlari va boshqa darslar jarayonlarida yangi innovatsion usullardan foydalanib, oʻquvchilarning bilimini oshirish, ulardagi koʻnikmalarni rivojlantirish, aniqlangan boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilgan vazifalar bajarildi. Oʻquvchilarning qiziqishlarini oshirish maqsadida oʻtkazilgan “Kniga – luchshiy drug”, “Sezoni goda” tadbirlari ham alohida ahamiyat kasb etdi. Fan oʻqituvchilari B.Yakubova, M.Yusupova, N.Sobirova, G.Hayitboyevalar oʻquvchilarning tilga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirish uchun faollik koʻrsatdilar.
Maktabda fan oyligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar, oʻquv mashgʻulotlarida oʻquvchilar fan va yozuvchi, shoirlarning badiiy asarlari haqida qoʻshimcha maʼlumotlarga ham ega boʻldilar va rus tiliga boʻlgan qiziqishlari yanada ortdi.
Sanim Uzakbayeva, 31-sonli maktabning
rus tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶