Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!
Hurmatli qishloq xoʻjaligi xodimlari!
Sizni bugun - 9-dekabr kuni mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanayotgan Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni va Hosil bayrami bilan Amudaryo tumani hokimligi nomidan chin qalbdan samimiy tabriklaymiz!
Bu bayram kechani kecha, kunduzni kunduz demay mehnat qilib, peshona teri evaziga el-yurtimiz dasturxoni toʻkinligi, iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz farovonligiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelayotgan dehqon, fermer va tomorqachilar, soha mutaxassislari va qishloq xoʻjaligiga aloqador barcha yurtdoshimizning bayramidir. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, mirishkor dehqon va fermerlar, suvchi va irrigatorlar, mexanizator va agronomlar, agrar tarmoq olimlari timsolida dunyodagi eng sharafli kasb egalarini koʻramiz.
Yana bir bora bayramingiz muborak boʻlsin, mashaqqatli mehnatlaringizning rohatini koʻring, hosilingiz toʻylarga nasib qilsin, qadrli qishloq xoʻjaligi sohasi xodimlari!
Amudaryo tumani hokimligi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶