29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 05:44
Qishloq xoʻjaligi 👁 1,497

Amudaryo tumanidagi sektorlar rahbarlari “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Amudaryo tumanidagi sektorlar rahbarlari “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Qishloq xoʻjaligi mamlakatimizda yetakchi sohalardan biri hisoblanadi. Iqtisodiyotni yuksaltirishda asosiy oʻrin tutib kelayotgan mazkur tizimda samarali islohotlar, salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu oʻz navbatida iqtisodiyotimiz rivoji va xalqimiz turmushining farovonligiga xizmat qilmoqda.

Tumanimizda ham bu borada yuksak natijalarga erishilib, paxta va gʻalla yetishtirish, pilla tayyorlash boʻyicha rejalar ortigʻi bilan bajarib kelinmoqda. Shuningdek, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va boshqa qator yoʻnalishlar ham yil sayin rivojlanmoqda.

Davlatimiz rahbarining hududlarni jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir Qarorida dehqon xoʻjaliklari, tomorqa uchun ajratilgan yerlardan maqsadli foydalanish, meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa faoliyat turlarini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini tashkil etishda fermer xoʻjaliklariga koʻmaklashish boʻyicha choralar koʻrish sektorlar rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri qilib belgilanganligi bois tumanda barcha hududlarda qishloq xoʻjaligi rivojlantirilishiga sektorlar rahbarlari tomonidan alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda.

Tumanimizda agrar sohada salmoqli natijalarga erishilgani uchun qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida Oʻzbekiston Pespublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan Amudaryo tumanidagi sektorlar rahbarlari – tuman hokimi S.Yoʻldashev, tuman prokurori J.Muftullayev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi D.Ibragimov va tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi B.Kamolovlar “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

 

Mavzuga doir: Amudaryo tumani hokimi Sultonboy Yoʻldashev “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

 

“Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan tuman prokurori J.Muftullayev ish faoliyatini qishloq xoʻjaligi sohasida boshlagan boʻlib, u Ellikqalʼa tumanida Veterinariya boʻlimining laboratoriyasida vet-sanitar, keyinchalik “Qishloqxoʻjalikkimyo” AJ Ellikqalʼa filialida huquqshunos vazifalarida ishlagan. Tuman hokimligining huquq maslahatchisi, tuman prokuraturasi katta noziri, ish oʻrganuvchi tergovchi va tergovchilikdan tuman prokurori katta yordamchisigacha boʻlgan vazifalarda xizmat qilib, keyinchalik Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh prokuraturasida masʼul lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan. J.Muftullayev Oʻtgan yildan boshlab, Amudaryo tuman prokurori lavozimida xizmat qilish bilan birga tumandagi 2-sektorga rahbarlik qilib, hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshib kelmoqda.

Tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Ibragimov ham bir necha yillardan beri Ichki ishlar tizimida qator masʼuliyatli lavozimlarda xizmat qilish bilan birga oʻtgan yildan boshlab tuman Ichki ishlar boshligʻi vazifasini sidqidildan bajarib, oʻzi rahbarlik qilayotgan 3-sektor hududida fermer xoʻjaliklarida ish surʼatining yanada samarali boʻlishi yoʻlida qator chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

“Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni sohibi boʻlgan tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi B.Kamolov ham oʻz sohasining bilimdoni boʻlish bilan birga, bor bilim va salohiyati bilan tumanimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish yoʻlida fidoyi mehnat qilib kelayotgan kadrlardan biridir. Oʻz malakasini qator masʼul lavozimlarda xizmat qilib oshirishga erishgan B.Kamolov ham oʻtgan yildan boshlab tuman Davlat Soliq inspektsiyasi boshligʻi vazifasida ishlab kelmoqda. Uning rahbarligidagi 4-sektor hududidagi fermer xoʻjaliklarining deyarli barchasi davlatga paxta va gʻalla topshirish boʻyicha shartnomaviy rejalarini ortigʻi bilan bajarib, hosildorlikni yil sayin oshirib kelmoqda.

Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojiga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun “Oʻzbekiston Pespublikasi qishloq xoʻjaligi fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan barcha sektorlar rahbarlarini davlat va xalq ishonchiga erishgani bilan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatida zafarlar tilaymiz!

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026