19.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.08.2026, 04:04
Maqolalar 👁 866

DURUNKIDA DURKUNLIKLAR AVLODLARI YaShAYDILAR

DURUNKIDA  DURKUNLIKLAR AVLODLARI YaShAYDILAR

Bismillahir rohmanir rohiym!

Mangʻit shahrining sharqiy tomonida, Mangʻit arnaning chap qirgʻogʻi boʻylab shaharga tutashgan qadimgi Durunki ovuli bor. 1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, bu yerda ham mahalla fuqarolar yigʻini tashkil etilib, rais saylangan.

Turkiy qabilalarning ulkan boʻgʻinlaridan boʻlgan Mangʻit qabilasining “keskich” urugʻidan boʻlgan Durunki ovuli fuqarolarining istak va iltimoslari inobatga olinib, ularning qadimiy ajdodlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida ushbu mahallaga va uning markaziy koʻchalaridan biriga 1993-yil 11-avgustda Mangʻit shahar Kengashi ijroiya qoʻmitasining 161-3-sonli qaroriga muvofiq Durunki nomi berilgan. Shundan keyin “Amudaryo haqiqati” gazetasida jamoatchi muxbir boʻlgan X.Yoqubjonovning (Alloh rahmat qilsin) bu nomga nisbatan tanqidiy koʻz qarashi ham eʼlon qilindi. Ammo qadimiy Durunki nomi hamon saqlanib kelmoqda.

Chunki Durunki nomining kelib chiqishi va maʼnosi masalasida tarixiy manbalarda va oʻzbek tilining izohli lugʻatlarida aynan biz izlagan biron-bir yaxlit maʼno anglatuvchi soʻzni topa olmadik. Ayrim manbalarda, masalan Oʻzbek sovet entsiklopediyasi (red, Toshkent-1988, “Oʻzbekcha-ruscha lugʻat” 50.000 soʻz)ning 128-sahifasida Durkun- rosliy, krupniy, debeliy, bola – krupniy rebyonok – deb izohlangan. Shuningdek, “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” (ikki tomlik, 60 000 soʻz. Moskva, “Rus tili”- 1981 y) qoʻllanmasining 240-sahifasida Durkun – boʻliq, toʻla, gavdali, deb izohlanadi.

Tarixchi va tilshunos olimlar hamda shu hududda yashab oʻtgan, hozir ham yashayotgan qariyalarning bildirgan fikr-mulohazalari hamda ayrim tarixiy manbalarga koʻra, hozirgi Durunki mahallasi hududiga koʻchmanchi Mangʻit qabilasining “keskich” urugʻi oilalari XVIII asrning oʻrtalarida Xorazm xoni Anushaxon davrlarida (Abul Gʻoziyxon oʻgʻli) Dashti Qipchoq tarafdan, gʻarbiy-shimoldan koʻchib kelganlar va chorvachilik hamda dehqonchilikka mos, unumdor bu yerlarda oʻtroqlashib qolgan, degan fikrlar ham mavjud.

Durunki atamasi asrlar osha dastlab durkun soʻzining oʻzagidan kelib chiqib, durkunliklar, keyinchalik vaqtning oʻtishi bilan yuz yillar ichida asta-sekin “Durunki” soʻziga aylanib qolgan boʻlsa kerak, degan faraz yuzaga kelmoqda.

Durunkiliklar azaldan oʻzlarining toʻgʻrisoʻzligi va mardligi, ahilligi, turmushning barcha jabhalarida ilgʻorligi va tashabbuskorligi, dehqonchilik, bogʻdorchilik va polizchilik sohalaridagi ishbilarmonligi, tadbirkorligi bilan el nazariga tushib kelganlar. Ular hayotning barcha sohalarida tajriba va ilm orttirib, oʻz davrida dovrugʻi ellarga taralgan. Karim rais Ollanazarov, Xoʻjamurod garang Gulmonov, Sobir Shomurodov, Madat eshon Oʻtamurodov, Jumamurod ferma Ollohberganov, Eshim xarrat Matqurbonov, Xudoybergan oshpaz Hasanov, Qoʻchqor shirapaz, Qozoqboy shirapaz Matyoqubov, Mavlon xonqali Pirniyozov, Xudoybergan Doʻsonov, Jumamurod militsiya Ollanazarov, Rahimboy garang Xoʻjamurodov, Rahimboy Hasan Xudoyberganov va Sherimmat usta Adhamovlarning nomlarini hanuzgacha el ardoqlab tilga olishadi. Bu insonlar kolxozlar tuzilishi davrlaridan keyin 1935-40-yillarda tumanimiz hududiga eng hosildor olma, anor, uzum, anjir, shaftoli nihollarini keltirib, koʻrkam bogʻlar yaratgan va kartoshka, pomidor, karam, bodring, koreys karami (chimchi), turli xil oshkoʻklarni, poliz ekinlarini mahalliylashtirgan va elimiz dasturxonining yanada toʻkin-sochin boʻlishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshganlar. 1960-yillarga kelib issiqxona sharoitida ekin ekishni hayotga tatbiq qilgan insonlar ham aynan yuqorida tilga olgan insonlarning farzandlari boʻladilar.

Hozirgi kunda Durunki mahallasi hududida 658 ta oila mavjud boʻlib, jami 3122 nafardan ziyod fuqarolar yashaydilar. Mahalla hududida 56-sonli umumtaʼlim maktabi, 8-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi va “Amudaryo tutunuv” AJga qarashli 52-sonli kundalik ehtiyoj mollari doʻkoni va tuman Veterinariya boʻlimi, 2 ta avtomashinalarga texnik xizmat koʻrsatish shoxobchasi va “Dinora” xususiy kafesi mavjud. Durunki mahallasi shimoli-gʻarbiy tomonidan Boy ovul mahallasi bilan, gʻarbiy tomonidan Beshgujum va Chordara mahallalari bilan, janub tomonidan esa Turkmaniston Respublikasining 842 metrlik davlat chegaralari bilan qoʻshni joylashgan. Sharqiy tomonidan esa “Oʻrta qalʼa” ovuli bilan chegaradosh.

Mahalla – jamoa boʻlib yashashning tarixiy shakllangan, zamonaviylashgan atamasi. Maʼnaviy qadriyatlarimizning uzoq tarixiy ildiziga eʼtibor beradigan boʻlsak, ajdodlarimiz bundan ming yillar avval ham qabila, urugʻ, oila, ovul, kent, rabotlarga birlashib, ahillikda yashab oʻtganlar, orzu-umidlari, taraqqiyot uchun xizmat qilishga yoʻnaltirilgan ezgu ish va rejalarini oʻzaro maslahatlashib, kengashib hal etib kelganlar. Shu jihatdan olib qaraydigan boʻlsak, mahalla tushunchasi bizning maʼnaviy qadriyatlarimizning umumiy qiyofasidir. Chunki aynan shu qiyofada xalqimizning anʼanalari, urf-odatlari, madaniy-maʼrifiy intilishlari oʻz aksini topgan.

Men Durunki mahallasi hududida yashovchi fuqaro sifatida oʻzim istiqomat qilayotgan bu makonning har bir qarich yerini juda yaxshi bilaman. Albatta, Vatanimiz ichra kichik Vatan hisoblanmish mahallamizni har jihatdan obod, koʻrkam, odamlarining esa ahillikda baxtiyor yashashlarini istayman. Bu borada mahalla faollarining, ayniqsa, keksa faxriylarimizning oʻrni muhim. Biz otalar buni har lahzada his etib turamiz.

Muqaddas hadislarda zikr etilishicha: “Har jihatdan koʻngli keng, muhtojlarga yelkadosh, miskinlar qalbiga chiroq yoquvchi, oʻzini minbaʼd jamoadan ayro qoʻymagan saxiy qalb odam – oqil, iymoni but insonlar sirasiga kiradi”.

Necha yuz yillardan beri oʻzlarining maʼnan boy ildiziga tayanib, oʻzaro mehr-oqibat rishtalarini mustahkam tutib, aql-idrokda, tadbirkorlikda, oilaviy hayotda durkun (toʻliq va boʻliq, yaxshi rivoj topgan Q.J) yashashga intilayotgan durunkiliklar har bir sohada peshqadam. Ilmiy-nazariy fikrda ham, diniy-axloqiy masalalarda ham haqiqiy va mustahkam bilimlari bilan sobitdirlar. Shu bois, durunkiliklarning oilalaridan maʼrifatli va maʼnaviyatli insonlar yetishib chiqqanlar. Vallohu aʼlam bissavob.

Qodirbergan hoji.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019