ISTIQLOL AVLODLARIGA
Ikkinçi jahon uruşida bir yarim million özbekistonlik frontga jönagan, beş yuz ming yigit qaytmagan.
Tarixda kim, qanday nomlandi millat,
Yurt, el deb jonini tikkanlar, biroq –
Skifmi, söğdmi, turk, öğuz elat –
Har qizi – Tömaris, har öğli – Şiroq!
Şer qilib östirgan har öğlin, qizin,
Özganing yurtiga tikmagan közin!
Yovdan ne qoladi? – Aza va armon,
Yurt uçun jon olib, jon bergan – haqdir.
Daryoga rang berib oqsa qirmiz qon,
Manglayga uruşni yozsa gar taqdir.
Xalqim degan: “Saqla özliging özing,
Alpomiş böl, öğlim! Barçin böl, qizim!”
Ğajimoq niyatda qaşqirlar, itlar,
Birlari quturib, birlari pisib.
Doro-yu Iskandar, Kir, Çingiz, Gitler
Qon içmoqqa kelgan, ketgan qon qusib!
Spitamen, Muqanna, Torobiy, Mazdak –
Hurlik, tinçlik edi bularda maslak!
Beruniy samoyu arzning tarxin
Şarqu Ğarb ahliga etganda bayon.
Sino-yu Uluğbek, Naqşbandiyga
Olam, Ğayb sirlari bölganda ayon.
Tan oldi ajdodlar dahosin dunyo,
Faxr etmay, unutmoq mumkinmi? Aslo!
Bir yigit ölsa ham – el uçun motam,
Uruş qurbonlarin yodda mahkam tut!
Töy ham körolmasdan ketgan, qaytmagan –
Beş yuz ming Yigit-a, beş yuz ming Yigit!
Qadrla, yod ayla, ogoh böl, ogoh!
Şahidlar xotirin unutmoq – gunoh!
Ajdodlar ruhidan madad, kuç olib,
Duo qil, yod ayla tong-u şomlarda.
Ilmda, sportda böl mudom ğolib,
Katta arenalar – izdihomlarda.
Jöş ursin yuraging, tomirda qoning,
Yuksak tut bayroğin Özbekistonning!
Tilsiz, xotirasiz millat – xayol, puç,
Manqurtdir bölsa kim ötmişdan judo.
Manguberdi ruhi – Polvon pirga kuç,
Istiqlolga qadar qança jon fido.
Barini, barini yodlab, xotirlab.
Istiqlol avlodi, yaşang qadrlab!
Tursunboy ABDULLAYeV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶