BOZORLARIMIZ QISh VA BAHOR MAVSUMLARIDA HAM TOʻKIN BOʻLADI
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi taʼminlanishi ustidan nazorat qilish inspektsiyasining tuman boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 25-oktyabrdagi “Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va kafolatli taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlashga alohida eʼtibor berilayapti.
Shu maqsadda 2018-yil qish va 2019-yilning qish, bahor mavsumlari uchun asosiy turdagi qishloq xoʻjalik mahsulotlarini tumanimiz aholisi ehtiyojiga yarasha jamgʻarilishiga erishildi.
Tumanimizda jami sovutgichli omborxonalar sigʻimi 2460 tonnalik boʻlib, shundan “Mangʻit Invest Plyus” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 900, “Bekmonov Sherzod” dehqon xoʻjaligida 80, “Aytboy Otaxon” fermer xoʻjaligida 80, “Gʻulom Ali Sipohi” fermer xoʻjaligida 200, “Nurulla Doʻsimbetovich” fermer xoʻjaligida 100, “Mangʻit tezkor savdo” masʼuliyati cheklangan jamiyatida 700, “Jayxun qurilish mollari” MChJda 200, “Mangʻit lazzat” oilaviy korxonasida 100, “Viktoriya xolding” oilaviy korxonasida 100 tonnalik sigʻimli sovutgichli omborxonalarda turli qishloq xoʻjalik mahsulotlari zahirasi gʻamlab qoʻyildi va nobudgarchiliksiz saqlanmoqda.
Bu tumanimiz dehqon bozorida qish va bahor mavsumida qishloq xoʻjalik mahsulotlari, mevalar toʻkin boʻladi, degan soʻzdir.
dasturxoni toʻkin va xavfsiz boʻlishiga hissa qoʻshish bizning burchimizdir.
Sarvar Matyoqubov,
Inspektsiyaning tuman boʻlimi katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶