“Farzandimga kitob olib beraman”
14-yanvar kuni 40-sonli umumtaʼlim maktabida “Farzandimga kitob olib beraman” deb nomlangan aktsiya boʻlib oʻtdi.
Maktab maʼmuriyati, ota-onalar, maktab kutubxonachilari hamkorligida oʻtkazilgan tadbirda shu maktabda taʼlim olayotgan oʻquvchilar ishtirok etdi.
Kitobga, mutolaaga yuksak eʼtibor samarasi oʻlaroq, bugun kitobxon yoshlar safi kengayib bormoqda.
- Maktab – oʻquvchilarning ikkinchi uyi. Kitob oʻqish koʻnikmasi koʻproq ana shu dargohda shakllanadi, - deydi aktsiya ishtirokchisi, 7 a sinf oʻquvchisi Madrahimova Sevinchning onasi. Shuningdek aktsiya doirasida qiziqarli viktorina oʻyinlari, turli savol-javoblar ham oʻtkazildi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar qiziqarli badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.
Paʼno Nurmetova,
40-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶