40-SONLI MAKTABDA “OLTIN QALAM” MILLIY MUKOFOTI SOVRINDORI BILAN UChRAShUV BOʻLIB OʻTDI
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentyabrda qabul qilgan “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi Qarori mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarning maʼnaviyat sarchashmasi boʻlgan kitoblarga eʼtibori oshishiga, kitob oʻqishga jalb etishga, mutolaa madaniyati yuksalishiga turtki boʻldi.
Qarorga muvofiq oʻtkazilayotgan “Kitobxon mahallla”, “Kitobxon maktab”, “Yosh kitobxon” tanlovlari ham shuning isbotidir.
Ayniqsa taʼlim muassasalari kutubxonalarining ilmiy-ommabop, oʻquv-uslubiy, maʼrifiy, adabiy-badiiy adabiyotlar bilan boyitilayotganligi yosh ilm ixlosmandlari – oʻquvchilarga qoʻl kelmoqda.
Shu yilning 16-yanvar kuni 40-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbir ham mazkur qaror ijrosiga bagʻishlandi.
Unda jurnalist, “Kitob dunyosi”, “Kitob markazi” loyihalari rahbari, “Oltin qalam” milliy mukofoti sovrindori Shuhratjon Oxunjonov ishtirok etib, oʻquvchi-yoshlarga oʻzbek va dunyo adabiyotining eng sara namunalarini mutolaa qilish bugungi globallashuv jarayoni kechayotgan davrda hayotda oʻzlarining munosib oʻrinlarini topishlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi. Bu borada mazkur maktabda amalga oshirilayotgan ishlarga ulkan baho berdi.
Shuningdek, yigʻilishda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri Otabek Yoʻldoshev, Pespublika “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazi tuman boʻlimi boshligʻi Mahmud Safarboyev, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi Ahmad Nafasovlar ishtirok etdilar va kitob mutolaasining inson hayotidagi oʻrni va ahamiyati haqida gapirdilar.

Tuman xalq taʼlimi boʻlimi mudiri O.Yoʻldoshev “Yoshlar kutubxonasi” loyihasi doirasida tumanimiz yoshlari uchun Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Kengashi tomonidan taqdim etilgan kitoblardan maktab kutubxonasiga taqdim etdi.
Maktab oʻqituvchilari buning uchun ulkan minnatdorchilik bildirishdi, oʻquvchilar mehmonlarni oʻzlari yod olgan sheʼrlarni ifodali oʻqib, xushnud etishdi.
Otabek Xidirboyev, tuman xalq taʼlimi boʻlimi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶