MANGʻIT GOʻZALLARIGA
Qayga borsam hur istaydi koʻnglim mening avval-azal,
Bugun ham hayrat ichraman, yuzlar oftob misli yal-yal.
Esim-hushim uchib ketdi eng sarasin topay desam,
Loldir boqib kaminangiz – barchasi chandon goʻzal.
Oy desa, oyga yoʻl boʻlsin, kun desa, kunga yoʻl boʻlsin,
Xudoyim, kutganidan ham bularning baxti moʻl boʻlsin.
Yaratgan nurin taratsin ham eshik, ham darchasiga,
Baxsh aylasin yaxshi bir yor, yori yoʻqning barchasiga.
Umrin shahd-u shakar aylab, farovon qilsin baxtini,
Sayqal berib Haqning oʻzi, tillodan qilsin taxtini.
Sevgi navosin ufurib, chah-chah ursin-u bulbullar,
Sizning chehradan rang olsin, chamanda neki bor gullar.
Sizni koʻrsa bas, beshubha, dast oyoqqa turar kasal,
Qisqa qilib aytar boʻlsam, har biringiz qand-u asal.
Barchangiz ham malak siymo, Mangʻit degan yurtning naqshi,
Endi, Oshiq Erkin, soʻz demay, uyga jim ketganing yaxshi.
Oshiq ERKIN.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶