Amudaryo akademik litseyida Bobur tavallud kuniga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi
Buyuk bobokalonimiz Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud kuni munosabati bilan 14-fevral kuni taʼlim maskanlarida davra suhbatlari, adabiy-badiiy kechalar oʻtkazildi. Amudaryo akademik litseyida oʻtkazilgan shu kabi tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda buyuk alloma va mutafakkirlarimizning ijodiy merosini oʻrganish, xotirasini abadiylashtirish, asarlarida ilgari surilgan ezgu gʻoyalarni keng targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. Boburning betakror sheʼriyati, Sharq xalqlarining turmush tarzi, urf-odatlari, tabiati va qadriyatlari haqida mufassal maʼlumot beruvchi, insonni komillikka undovchi asarlari yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga egaligi aytildi.
Tadbirda Bobur ijodidan namunalar oʻqilib, uning hayotidagi unutilmas onlar aks etgan sahna koʻrinishlari namoyish qilindi. Oʻquvchilar va sanʼatkorlar Bobur qalamiga mansub gʻazallar bilan aytiluvchi qoʻshiqlarni maroq bilan ijro qilishdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶