17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 01:34
Jamiyat 👁 464

Har tomonlama yetuk Vatan himoyachilarini hech qanday kuch yenga olmaydi

Har tomonlama yetuk Vatan himoyachilarini hech qanday kuch yenga olmaydi

Mustaqillik yillarida bizning milliy armiyamiz professional darajadagi qudratli Qurolli Kuchlarga aylandi. Bilimdon va malakali harbiy kadrlar, eng soʻnggi zam onaviy harbiy-texnik vositalar va texnologiyalar bilan qayta jihozlandi. Harbiy-taktik harakatlar mexanizmi yangilandi. Davlatimiz tomonidan qator qonun hujjatlari qabul qilinib, Qurolli Kuchlarimizning qudratli va professional armiyaga aylantirilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek, Prezidentimizning oʻtgan yilgi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Qarori asosida milliy armiyamiz safida xizmat qilayotgan harbiylarning maʼnaviyatini yuksaltirishga ham ahamiyat berilib, harbiy xizmatchilar oʻrtasida burchga sadoqat, vatanparvarlik, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar olib borildi.

Darhaqiqat, harbiy xizmatchilarning harbiy-jismoniy mahorati bilan birga maʼnaviy-axloqiy va harbiy-vatanparvarlik tuygʻulari mustahkamlanib, maʼnaviyati, professional va siyosiy bilimi yuksaltirilsa, ular hech qanday kuch yenga olmaydigan qudratli qurolga ega boʻladi. Xalq esa mana shunday posbonlar himoyasi ostida tinch va xotirjam yashab, erkin mehnat qiladi. Vatan ravnaqiga hissa qoʻshish uchun katta-katta bunyodkorlik ishlarini amalga oshiradi.

Qurolli Kuchlarning safida xizmat qilayotgan minglab askarlar va zobitlar qatorida Amudaryo tumani yoshlarining ham faol qatnashayotganligini faxr-iftixor bilan tilga olib oʻtish joiz, albatta. Tuman Mudofaa ishlari boʻlimining Chaqiruv punktida malakali shifokorlar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar yordamida chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, armiya safini sogʻlom yigitlar bilan taʼminlash uchun shaffoflik bilan tekshiruv ishlarini olib borishmoqda. Undan tashqari har biri bilan alohida suhbatlashilib, bilim va tafakkuri ham sinovdan oʻtkazilmoqda. Joriy 2019-yilda ham muddatli harbiy xizmat uchun chaqiriluvchi yoshlarni saralash ishlari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning “Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoyishi boʻyicha ham huquqbuzarliklar profilaktikasi, Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda tumandagi oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va ularning maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy bilimini oshirishga qaratilgan turli tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Undan tashqari, harbiy-maʼmuriy sektorni rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” ga muvofiq yosh avlodning huquqiy savodxonligini va ijtimoiy faolligini oshirish, shuningdek, yoshlar oʻrtasida nazoratsizlik, huquqbuzarliklarning oldini olishga yoʻnaltirilgan tadbirlar tashkil etilishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Siyosiy va maʼnaviy-maʼrifiy mazmundagi bunday tadbirlar, sport musobaqalari harbiy xizmatchilar va yoshlarning siyosiy bilimi, maʼnaviyatini boyitishga, qolaversa, boʻsh vaqti mazmunli oʻtishiga yordam bermoqda.

P.AKIMNIYaZOV,

Nukus shahar harbiy prokurori yordamchisi,

adliya kapitani.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019