28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:11
Siyosat 👁 2,578

Tinchlik - buyuk baxt

Tinchlik - buyuk baxt

Bu yil men hayotimning toʻqsoninchi yiliga qadam qoʻydim. Bolaligim elning qahatchilik yillariga toʻgʻri kelgan. Biroq otam yogʻochsoz usta boʻlganligi sababli boshqalardan yaxshiroq yashardik. Voyaga yetar-yetmasimdan ikkinchi jahon urushi boshlanib ketdi. Ishga yaroqli erkaklarning bari urushga safarbar etilib, hamma ishlar xotin-qizlarning zimmasiga tushdi.

Men qisqa muddatli Mangʻit MTSidagi traktorchilar tayyorlash kursida oʻqib, traktorchilik qila boshladim. Chunki texnika kuchisiz dehqonchilik qilish qiyin edi. Tumanda turli ekin, koʻproq bugʻdoy, joʻxori, paxta ekilar, odamlar yetishtirgan hamma hosilini urushga joʻnatar, hech kim oʻzimga bir hovuchi qolsin, demasdi. Qanchalik koʻp oziq-ovqat yuborsak, shunchalik quvonardik. Chunki kimningdir otasi, akasi yo ukasi urushda edi. Urushga odam olinmagan oila kam edi.

Mening otam, 3 nafar akalarim ham urushga ketgach, uyda koʻzi ojiz onam, katta akam Qurbonboy Jumaniyozovning ayoli – checham uchalamiz qoldik. Oʻsha qaro kunlarda boshimizdan oʻtmagan sitam, uqubatlar qolmadi. Otam – Jumaniyoz usta, akalarim Ahmad, Yoʻldosh Jumaniyozovlardan ketma-ket qoraxat keldi. Faqat Qurbonboy akam yarim jon boʻlib qaytib keldi.

Urushdan keyingi ogʻir tiklanish yillari ham oʻn besh yildan ziyod choʻzildi. U qiyinchilikni ham xalqimiz sabr-toqat, qanoat, matonat bilan yengdi.

Hayotimning algʻov-dalgʻovli, tahlikali kunlari oradan qanchavaqt oʻtsa ham hech yodimdan chiqmaydi. Xuddi hozirgidek koʻz oʻngimda: urush yillari armiyaga chaqirilayotgan yigitlarni Mangʻit MTSga toʻplab, eshak aravada Qipchoqqa olib borilar, Qipchoqdan kemada Chorjoʻyga joʻnatilardi. Otamning, akalarimning kema koʻrinmay qolguncha qoʻl siltab ketganlari hech esimdan chiqmaydi.

Shularni oʻylasam, bugungi dorilamon kunlarga qayta-qayta shukrona aytaman. Tongda bexavotir uygʻonib, xotirjam nonushta qilib, emin-erkin ishlab, oʻqib yurishning qanchalik buyuk baxt ekanligini juda yaxshi his qilaman. Iloyo shunday tinch zamon boqiy boʻlsin, deya duo qilaman doim.

Armiyaga boraman deb yugurib-yelib yurgan yigitlarni koʻrganimda quvonib ketaman. Axir tinch, osoyishta oʻz yurtingda, oʻz bolalaring yurt daxlsizligini asrab tursa, bundan ulkan baxt bormi?

Keksa boʻlsamda gazeta-jurnallar, televizor orqali milliy armiyamizning yuksak jangovar salohiyat va mahoratga ega boʻlib borayotganini oʻqib, koʻrib koʻnglim togʻday yuksaladi. Yurtimizning kelgusida ham ozod va tinch goʻsha boʻlib qolishiga ishonaman va bugungiday baxtiyor kunlar uchun jonini fido qilgan otam Jumaniyoz usta, oʻgʻillari – akalarim Ahmad Jumaniyozov, Yoʻldosh Jumaniyozovlarning va boshqada yurtimizning fidoyi oʻgʻlonlarining nomi hech qachon oʻchmaydi, deb oʻylayman.

Yurtimiz chegaralarini koʻz qorachigʻiday asrab, bizning tinchligimizni taʼminlab turgan askar oʻgʻlonlarimni, harbiy soha xodimlarini Vatan himoyachilari kuni bilan chin yuragimdan tabriklayman.

Jumagul JUMANIYoZOVA, Mangʻit shahri "Olmazor” mahallasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026