Bilimlar bellashuvining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2019-yil 22-yanvar kungi 8-sonli buyrugʻiga asosan 2019-yil 26-27-mart kunlari 40-sonli maktabda umumtaʼlim muassasalari oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilmlar bellashuvining tuman bosqichi oʻtkazildi.

Bilimlar bellashuvining tuman bosqichida Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli umumtaʼlim maktablari va 8-sonli ixtisoslashtirilgan Davlat umumtaʼlim maktabidan 417 nafar 5-8-sinf oʻquvchilari ishtirok etdi.

Bellashuv odilona oʻtkazilishi uchun har bir sinf xonasiga noutbuk va veb kameralar, videokuzatuv vositalari oʻrnatildi. Jami 48 ta auditoriyaga 48 nafar auditoriya rahbari, 48 nafar kuzatuvchilar jalb qilindi.

Bellashuv yakunlariga koʻra ishtirokchilar orasidan eng bilimdonlari aniqlandi. 48 nafar gʻolibning 19 nafari 5-6-sinflar, 29 nafari 7-8-sinflar oʻquvchilaridir.

Umumiy natijaga koʻra 7-8-sinf oʻquvchilaridan jami 29 nafari Bilimlar bellashuvining Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi.
P.Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶