30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Siyosat 👁 1,019

Doʻrman ovulida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Doʻrman ovulida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori ishtirokida sayyor qabul oʻtkazildi

Mamlakatimizda davlat organlari va mansabdor shaxslarning xalq bilan muntazam aloqasini yoʻlga qoʻyish, aholi bilan muloqot qilib, dardu tashvishlarini tinglash va muammolariga yechim topish, bir soʻz bilan aytganda, odamlarni rozi qilish davlat siyosatining eng ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.

"Inson manfaatlari hamma narsadan ustun" degan ezgu tamoyil asosida joylarda uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va sayyor qabullar oʻtkazilib, ularda aholi turmush farovonligini oshirish, muammolarni aniqlash va hal qilish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 28-mart kuni Amudaryo tumanining Doʻrman ovulida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokurori Xidir Karimov raisligida oʻtkazilgan sayyor qabul ham mana shu tamoyilning hayotiy ifodasi boʻldi.

Sayyor qabulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi, vazirliklar va davlat idoralari, tuman hokimligi hamda tumandagi davlat va jamoat muassasalari va tashkilotlarining mutasaddilari ishtirok etdi.

Yigʻilishni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev ochdi va olib bordi.

Tumanimizning Qilichboy, Xolimbeg va Doʻrman ovullari va ular tarkibidagi mahallalar aholisi ishtirokida oʻtkazilgan sayyor qabul davomida 20 dan ortiq murojaatlar koʻrib chiqildi. Murojaatlarning aksariyati fuqarolik olish, mahalliy va ichki xoʻjalik yoʻllarini taʼmirlash, suyultirilgan gaz va ichimlik suvi taʼminoti, bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish darajasini oshirish kabi masalalarda boʻldi.

Qilichboy ovulining Xizr eli mahallasida yashovchi Sanobar Mirjanova 1992-yilda Turkmaniston Respublikasidan Oʻzbekistonga koʻchib oʻtgan. Shundan buyon turli sabablarga koʻra pasport olmagan edi. Shu sababli turmush oʻrtogʻi Adilboy Oqboyev bilan nikohini qonuniy qayd qildirish imkoni boʻlmagan, natijada farzandlariga ham tugʻilganlik haqidagi guvohnoma olishning iloji boʻlmay kelayotgan edi.

Sanobar Mirjanova bu masalada yordam koʻrsatishni soʻrab, tegishli idoralarga murojaat qildi. Tuman Ichki ishlar boʻlimi hamda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi xodimlarining yordami bilan qisqa muddatda barcha hujjatlar taxt qilinib, Sanobar Mirjanovaga fuqaroligi boʻlmagan shaxs guvohnomasi, er-xotinga nikohi qayd qilingani haqida guvohnoma va farzandlariga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirildi va sayyor qabul davomida tantanali ravishda topshirildi.

Sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarni oʻrganib chiqish va hal qilish boʻyicha tegishli soha mutasaddilariga topshiriqlar berildi. Topshiriqlar ijrosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olinishi belgilab qoʻyildi.

Shuningdek, shu kuni Doʻrman ovulining Boʻz solma mahallasida yashovchi Gulsara Allamovaga tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan nogironlik aravachasi topshirildi.

Gʻ.Yeshniyozov

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026