#bookchallenge: Qoraqalpogʻiston Pespublikasi prokurori Amudaryodagi kollejga kitoblar sovgʻa qildi
28-mart kuni Amudaryo tumanining Doʻrman ovulidagi Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida Qoraqalpogʻiston Pespublikasi prokurori Xidir Karimov raisligida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabuldan keyin Qoraqalpogʻiston Pespublikasi prokurori Xidir Karimov kollej faoliyati bilan tanishdi va oʻquvchilar bilan suhbat uyushtirdi. Suhbat davomida Pespublika prokurori oʻquvchilarga kitob mutolaasining foydali tomonlari haqida gapirib berdi.

Darhaqiqat, inson tafakkurining kengayishi, dunyoqarashining rivojlanishi, maʼnaviyatining yuksalishida kitob mutolaasining oʻrni alohida. Shu sababli muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev xayrli tashabbusni ilgari surib, rahbarlarni taʼlim muassasalari kutubxonalariga kitoblar sovgʻa qilishga daʼvat etgan edi. Ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan Qoraqalpogʻiston Pespublikasi prokurori Xidir Karimov ham Doʻrman qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji kutubxonasiga 20 dan ortiq sara badiiy kitoblarni sovgʻa qildi.



▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶