30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 08:32
Siyosat 👁 1,068

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi: mahallangiz kelajagi uchun ovoz bering!

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi: mahallangiz kelajagi uchun ovoz bering!

Hammamizga maʼlumki, Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi qaroriga koʻra 2019-yil aprel-may oylarida Pespublikamizning barcha shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) saylovi boʻlib oʻtadi.

Mazkur saylovlarni tashkil etish va oʻtkazishda Oʻzbekiston Pespublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-moxiyati va ahamiyati toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlish foydadan xoli emas, menimcha.

Quyida mazkur Qonunning asosiy qoida va tushunchalari haqida soʻz yuritiladi.

Qonunga koʻra, fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) saylash huquqiga saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida doimiy yashovchi fuqarolar ega boʻladi.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovida ishtirok etishi mumkin emas.

Mazkur saylovlarda fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.

Saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish oshkoralik, muqobillik hamda teng saylov huquqi printsiplari asosida amalga oshiriladi.

Saylovlarini tashkil etish va oʻtkazish ochiq hamda oshkora amalga oshiriladi.

Saylovlar tashkil etilayotganda hamda oʻtkazilayotganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va oʻtkazish, fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar toʻgʻrisidagi axborot Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha kengashlarning rasmiy veb-saytlariga saylov oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin joylashtiriladi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va oʻtkazish jarayoni ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.

Qonunning 6-moddasiga muvofiq, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga ikki va undan koʻp nomzod koʻrsatilgan holda amalga oshiriladi.

Konstitutsiyamizda belgilanganidek fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) saylashda fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar teng saylov huquqiga egadir.

Qonunning 8-moddasiga binoan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) fuqarolar yigʻini tomonidan, fuqarolar yigʻinini chaqirish imkoni boʻlmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yigʻilishi tomonidan uch yilga saylanadi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar Qonunning 17-moddasia keltirilgan boʻlib, unga koʻra fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Pespublikasi fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarida yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi kerak.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ogʻir yoxud oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emas.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini oʻtkazish tartibi Qonunning 4-bobida yoritib berilgan. Jumladan Qonunning 18-moddasiga muvofiq, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish«Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Pespublikasi Qonunida belgilangan tartibda amalga oshirilishi va fuqarolar vakillarining yigʻilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuborilishi nazarda tutilgan.

Bunda Qonun tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlgan fuqarolar, qoida tariqasida, fuqarolarning vakillari boʻlishi mumkinligi belgilaydi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar fuqarolar vakillari yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular fuqarolar vakillari tarkibidan chiqariladi.

Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi. Bunda fuqarolar vakillarining soni saylovda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan fuqarolar umumiy sonining kamida oʻn ikki foizini tashkil etishi kerak.

Fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) oʻtkazish tartibiga toʻxtalsak, bu Qonunning 19-moddasida belgilab berilgan boʻlib, fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida oʻtkaziladi.

Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:

sanoq komissiyasini saylash;

fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) saylash.

Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillari yigʻilishining) ish reglamenti, shu jumladan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning maʼruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.

Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarni eʼlon qiladi. Shundan soʻng fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga soʻz beradi.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning maʼruzasi alifbo tartibida oʻtkazilib, nomzodlar oʻzining kelgusi faoliyati dasturini eʼlon qiladi.

Saylov yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.

Saylov boʻyicha ovoz berish oʻtkazilayotganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishtirokchilariga saylov byulletenlari (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) sanoq komissiyasi tomonidan beriladi.

Byulletenga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi.

Fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) saylashda byulletenlarni berish bevosita ovoz berishdan oldin boshlanadi.

Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida toʻldiriladi. Ovoz beruvchi byulletenning oʻng tomonida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan boʻsh katakka «+», yoki «x» belgisini qoʻyadi.

Ovoz beruvchi toʻldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.

Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi.

Byulletenlarning namunalari va shakllari Oʻzbekiston Pespublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.

Ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga har bir nomzod boʻyicha sanab chiqiladi.

Xulosa qilib aytganda 2019-yil saylov yili boʻlib, mazkur siyosiy jarayonni shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqoli) saylovi boshlab berayotganida ham oʻziga xoslik bor. Sababi mahalla Davlatmizning eng quyi shu bilan birga juda muhim boshqaruv instituti xisoblanadi.

Shu fursatdan foydalanib men tumanimizda yashovchi va mazkur saylovga vakil sifatida saylangan har bir fuqaroni saylovlarda faol ishtirok etishi soʻrab qolaman. Zotan mazkur saylovlarda qaysi nomzodning saylanishi shu mahallaning kelajak 3 yillik taqdiriga bevosita bogʻliqdir.

Moʻʼminjon Matyusupov, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026